Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Munajjimlar Bashorati 2016

Hurmatli foydalanuvchilar sevimli portalingiz (Moqina.Net) bugun sizlarga 2016-Yilda sizni nimalar kutayotgani haqida munajjimlar bashoratini taqdim etadi. Albatta audio formatda. O'zingiz burjingizni tinglab ko'ring va sizni nimalar kutayotganidan xabardor bo'ling. Marhamat va shuni unutmang bizning manzilimiz http://moqina.net va biz doim sizni xushnud etishda davom etamiz.

Qo'y Burji: Yuklab Olish (1.19 Mb)

Qo’y burji vakillari uchun 2016 – yil eski ishlarni tugatib, butunlay yangi biron narsani boshlash davri bo’ladi. Ba’zi sabablarga avvalroq bajara olmagan re’jalaringizni ro’yobga chiqarishga harakat qilasiz. Katta ehtimol bilan sizning qiziqishlaringiz ustun kelib, o’zingizni bironta tezda natija beruvchi va sizni yangi darajaga olib chiquvchi sohada sinab ko’rasiz.

 Shuningdek, sizda ko’plab yangi tanishlaringiz paydo bo’ladi. Ular orasida sizga kerakli xususiyatlar egalari va shunchaki dam olish vaqtlaringizni birga yoqimli o’tkaza oladigan insonlar bo’ladi. Buning ustiga siz ko’plab yangi qobiliyatlarga ega bo’lasiz: Siz ayyorroq bo’lasiz, atrofdagilaringizni boshqarish san’atini ham yaxshi o’zlashtirib olasiz. Ich-ichingizdan orzu qilayotgan maqsadlaringizga erishishga to’sqinlik qilayotgan ichki to’siqlardan ham halos bo’lasiz


Buzoq Burji: Yuklab Olish (1.15 Mb)

Sizni murakkab ammo daromadli yil kutmoqda. 2016 – yilda avvaldan ishlab kelayotgan loyihalaringizni yangi darajaga ko’tarasiz, bu vaqtda raqiblaringiz va xasadchilarning hujumlaridan ehtiyot bo’ling. Shunday qilib, maqsadlaringizga erishishning noodatiy yo’llarini topishingiz va o’rganib qolganingizdan ko’ra ko’proq ishlashingizga to’g’ri keladi. Buning mukofoti ham shunga arziydi, shuning uchun barcha harakatlaringiz bekor ketmaydi. Muhimi insonlar harakterini tushuna olsangiz va ularga o’zgacha takliflar beraolsangiz, ular sizga bu yo’lda yordam berishadi va barchasini siz o’ylaganingizdek amalga oshirishadi. 
Shuningdek sizni juda qiziq sayohat kutmoqda, buni siz bir necha yildan beri orzu qilib kelayabsiz. Katta ehtimol bilan bu sayohatdan siz nafaqat esdalik buyumlar va xotiralar bilan qaytasiz, balki hayotingzni butunlay o’zgartiradigan nimadur ham paydo bo’ladi. Shuningdek, o’z imidjingizni ham shunday o’zgartirasizki bu sizning ijtimoiy holatingiz va martabangizni ko’rsatib turadi.


Egizaklar Burji: Yuklab Olish (887 Kb)

Egizaklar uchun 2016 – yil qandaydur sarosimalar davriga aylanishi mumkin. Katta ehtimol bilan ko’p ishlarni boshidan boshlashga to’g’ri keladi. Ish joyining o’zgarishi ham ehtimoldan holi emas. Shuningdek, sizning suhbat davrangiz ham butunlay o’zgaradi. Umuman olganda kelayotgan yilda hayotingizdagi barcha vaziyatlar siz ta’sir ko’rsata olmaydigan holatlarga bog’liq bo’ladi. Bunday paytda faqat unga moslashib, o’zingiz uchun maksimal foydani chiqarishingiz kerak. 

 Shuning bilan birga sizni quvnoq yil ham kutmoqda. Kuzda va dekabrda doimiy ravishda sizga yangi imkoniyatlar ochiladi. Agar siz uni darhol aniqlab, vaziyatni qo’lga ololsangiz nafaqat hayotingizni tartibga solib olasiz, balki daromadlaringizni ham oshirib olasiz. Muhimi o’zgarishlarga tayyor turing va boshingizni keraksiz prinsip va reflekslarga to’ldirib tashlamang.


Qisqichbaqa Burji: Yuklab Olish (965 Kb)

Qisqichbaqalar 2016 – yilda o’tgan yili qilgan mehnatlarining ulkan samarasini olishadi. Hozirda ish olib borayotgan barcha loyihalaringiz sizning ishonchli moddiy manbaangizga aylanadi va sizga yangi daromadli takliflar olib keladi. Ammo hammasi ham bunchalik oson bo’lmaydi. O’zgarishlarga moslasha olmaslik sizning sizning asosiy muammoyingiz bo’lishi mumkin. Shuningdek muammolar sababchisi sizni tushuna olmaydigan odamlar, hatto ba’zi qarindoshlaringiz bo’lishi mumkin. 

 Shu bilan birga sizni qiziq sayohat kutmoqda, uning yordamida siz nafaqat yaxshi dam olasiz, balki yangi qobiliyatlar va moddiy yutuqlarni ham qo’lga kiritasiz. Shu bilan birga sizning hayotingizga biroz avval aloqalarni uzgan insonlar ham qaytishi mumkin. Ular ham o’zlari bilan yorqin vaziyatlarga sabab bo’lishadi. Bu vaziyatlar sizni noqulay holatlarga solib qo’ysa ham, baribir sizga foydasi tegadi.


Arslon Burji: Yuklab Olish (747 Kb)

Arslonlar uchun 2016 – yil yorqin va daromadli davrga aylanadi. Sizni bir qator yirik ishlar kutmoqda, bular yordamida siz o’z talantlaringizni kashf etishingiz mumkin. Hozirda shug’ullanayotgan ishlaringiz esa yanada ko’proq foyda va rohat keltirishni boshlashi mumkin. Albatta, taqdir sizni qiziqarli voqealar bilan siylaydi, ular sizni yanada baxtli qiladi, hech bo’lmaganda zerikish bermaydi. 

 Bundan tashqari siz o’zingiz bironta shaxsiy ishingizni boshlaysiz. Shuningdek o’zingizning foydali aloqalaringiz va insonlarning bag’rikengligidan foydalanishingiz to’g’ri keladi. Muhimi ularga buning uchun minnatdorchilik bildirishni unutmang.


Parizod Burji: Yuklab Olish (759 Kb)

Parizod burji vakillari uchun 2016 – yil oson bo’lmaydi. Ko’pincha atrofdagilarni tushuna olmaysiz, va ish o’riningizni saqlab qolish uchun o’z manfaatlaringizdan voz kechishga to’g’ri keladi. Shuningdek qandaydur vaziyat sizni boshi berk ko’chaga olib kirib qo’yadi va sizga yoqmaydigan qaror qabul qilishga majbur qiladi. Obyektiv bo’lishga harakat qiling

 Umuman sizni yoqimli voqealar ham kutmoqda. Katta ehtimol bilan siz o’zingiz qandaydur esda qolarli o’zgarishlarni amalga oshirasiz. Buning natijasida hayotingizda umuman boshqacha nimadur boshlanadi, ammo u o’zingizga ham rohat keltiradi. Shuningdek, ajoyib sayohatlar ham sizni kutib turibti.

 

Tarozi Burji: Yuklab Olish (926 Kb)

Tarozi burjidagi insonlar uchun 2016 – yil yengil va yoqimli paytlar bilan esda qoladi. Hayotingizda sodir bo’layotgan barcha voqealardan rohat ola boshlaysiz, paydo bo’layotgan barcha imkoniyatlardan unumli foydalanasiz va hayotingiz mazmuniga aylanuvchi nimadur topasiz. Ish faoliyatingizda ham o’sishlar kutmoqda. Yangi hamkorlar orttirasiz, hamkasblaringiz orasida obroingiz yanada ortadi. Shuningdek, siz yangi ish loyiha boshlaysiz. Uning yordamida moliyaviy holatingizni mustahkamlab olasiz. 

 Yilning ikkinchi yarmida sizni orzuingizdagi sayohat kutmoqda. Balki, kutilmaganda bu sayohatga chiqasiz va undan kutilganidanda ko’proq narsalar olasiz. 2016 – yilda yangi do’stlar ham orttirasiz. Albatta, ularning barchasi bilan uzoq muddatli aloqalar o’rnatasiz deyish mushkul. 


Chayon Burji: Yuklab Olish (808 Kb)

Chayon burjidagi insonlar uchun 2016 – yil noodatiy va oldindan aytib bo’lmaydigan darajada o’tadi. Sizni juda ko’p loyihalar kutmoqda. Ammo ular juda tez yakunlanadi va katta yoki kichik hajmdagi foydadan tashqari o’zidan deyarli hech narsa qoldirmaydi. Shuningdek siz juda tez-tez o’zgarishlarni amalga oshirib turasiz, biroq ular qanday natija berishini oldindan tahmin qilaolmaysiz. Shuning uchun ko’pincha taqdir sizga taqdim qilayotgan syurprizlardan hayratga tushib turasiz. 

 Shuningdek o’z maqsadlaringizga erishib bo’lib boshqalarni ham ruhlantirib, ishonchlaridan foydalanishga harakat qilasiz. Insonlarning bir-biriga ishonchi juda muhim narsa, ularning ishochlarini oqlashga harkat qiling.


O'qotar Burji: Yuklab Olish (1020 Kb)

O’qotar burji vakillari 2016 – yilda o’zlarining hayotdagi haqiqiy o’rinlarini topishlari mumkin. Katta ehtimol bilan siz taqdirga qarshi chiqishni to’xtatasiz va u sizni bir necha yildan beri yo’naltirishga intilayotgan yo’dan ketasiz. Hayotingizdagi muhim o’zgarishga qaysidur rasmiy bayram sababchi bo’ladi. Ular bittagina bo’lmaydi, ularning barchasidan yuqori darajadagi omadli hayotga erishishingiz uchun yetmayotgan nimadur olasiz. Shuningdek, katta foyda keltirishi mumkin bo’lgan o’z biznesingizni ham boshlashingiz mumkin, faqat hamkorlarni tanlashda adashmasangiz va o’z haqlaringizni himoya qila olsangiz. 

 Bundan tashqari shaxsiy hayotingizga bog’liq muammolarni ham hal qilishingizga to’g’ri keladi.Yana sizga tegishli bo’lgan narsani qo’lga kiritishni ko’zlovchi odam paydo bo’lishi ehtimoli ham katta. Yilning oxirida bularning barchasi o’tmishga aylanadi, natijalar sizni hursand qilmasa ham qoniqtirishi aniq. 


Tog' Echkisi Burji: Yuklab Olish (916 Kb)

Tog’ echkisi burji vakillari uchun 2016 – yil qiyin bo’ladi, o’zlarini huddi minali yo’ldan yurayotgandek his qilishadi. Maqsadlariga erishish uchun sizga yoqmaydigan usullarni qo’llaydigan insonlar bilan kelishishingizga to’gri kelishi ehtimoli katta. Qonundan chetda bo’lgan yoki katta tavakkal talab qiluvchi kelishuvlar bo’lishi ham ehtimoldan holi emas. Bularning barchasidan yaxshigina daromad olishingiz mumkin, faqat vaqtida o’zingizni himoyalay olsangiz. Agar bo’lishi mumkin bo’lgan narsalarni avvaldan hisoblamasangiz va o’zingizni himoyalab olmasangiz hozirda egalik qilayotgan barcha narsangizni yo’qotishingiz mumkin. 

 Shuningdek sizni sayohat ham kutmoqda, ammo u nafaqat hordiq chiqarish uchun, balki qandaydur foyda topish uchun ham bo’ladi. Misol uchun horijga o’qishga yoki sanatoriyaga borishingiz ehtimoldan holi emas.


Qovg'a Burji: Yuklab Olish (774 Kb)

Qovg’a burji ostidagi insonlarni juda ham samarali yil kutmoqda. Bu yil yoqimli uchrashuvlar va paydo bo’layotgan barcha imkoniyatlarning amalga oshishi bilan esda qoladi. Bular o’z navbatida sizning moliyaviy ahvolingizga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek siz 2-3 ta yirik loyihalar boshlashingizga to’g’ri keladi, ularning natijasida yo jahon darajasiga chiqasiz yo yashash joyingizni o’zgartirasiz. 

 Albatta, muammolar bo’lmaydi deb ham aytib bo’lmaydi. Siz qattiq ishonadigan kimdur sizga sotqinlik qilishi mumkin. Shuning uchun atrofdagilaringizga e’tiborliroq bo’ling, ayniqsa sizning ishingiz bilan bog’liq bo’lganlardan ehtiyot bo'ling!


Baliq Burji: Yuklab Olish (1.00 Mb)

Baliq burjidagilar uchun 2016 – yil muammolarga to’la bo’lishi mumkin. Sizning qiziquvchanligingiz sababli yemagan somsangizga pul to’lashingizga yoki kattaroq noxush holatlardan qochish uchun manfaatlaringizni chetga surib turishingizga to’g’ri keladi. Shuningdek siz juda tez re’jalaringizni o’zgartirib turasiz va o’z g’oyalaringiz amalga oshirishdan voz kechasiz. Umuman olganda agar siz o’zingiz haqingizda va sizga nima kerakligi haqida ko’proq o’ylasangiz, shu bilan birga sizni boshqarmoqchi bo’lganlar tuzog’iga tushib qolmasangiz ko’pgina yoqimsiz holatlarni oldini olasiz va uzoq vaqt va katta mehnat bilan yeg’gan narsalaringizni saqlab qolasiz. 

 Bundan tashqari sizga uzoq muddatli safarlardan yiroqroq bo’lish tavsiya etiladi, hech bo’lmaganda dekabrning ikkinchi o’n kunligigacha. Shuningdek 2016 – yilda birovlarga katta va’dalar berish ham tavsiya e’tilmaydi. Barcha sizga va’dangizni eslatib, uni bajarishingizni talab qiladi. Hattoki bu sizga zararga ishlasa ham.

Nima ham derdik, kimgadir yomon yoki yaxshi kelsa ham hammasi shirin xotiraga aylanadi. Yangi yilda yangi omadlarni sizga Moqina.Net sayt jamoasi nomidan tilab qolamiz. Bizga yaqindan yordami tekgan Gooper hamda Qiziqarli Dunyo kanaliga minnatdorchilik bildiramiz. Bizdan uzoqlashmang sizni hali bundanda qiziqarli ma'lumotlar kutmoqda. Moqina.Net

Barcha hurmatli foydalanuvchilar o'z browseringiz zakladiga http://moqina.net deb saqlab qo'yishingizni va har kun saytimizga kirib turishingizni so'raymiz. Sababi yangilari bizdan boshlanadi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 17.12.2015 19:48
- Категория: Burjlar Haqida Qiziqarli
Рекомендуем
Reklamada 2017chiqdi deb yozilgan ammo yoq nega 29_w
2017 bashorati qachon chiqadi?! faqat 2016 yu,2017 bashorati degan yozuv nima uchun?!
Bu yerda faqat reklama shekili 1.oy reklama qilishdiku munajjimlar bashorati 2017.ni
Bu yerda faqat reklama shekili 1.oy reklama qilishdiku munajjimlar bashorati 2017.ni
Munajjim 2017 qachon chiqadi?
Qachon chqadi2017 11_w
shahnoza shakirjonovna: fevralda chqarkanmi 2017
2017 yil bashorati nega yo'q

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz