Saytni Yuklab bo'lmadi
2015-yil da Farzandli bölgan mashxurlar
Woldemor
2016 » Yanvar » 5
2015-yil da Farzandli bölgan mashxurlar

2015-yilda farzandli bo‘lgan mashhurlar bilan ro‘yxati bilan tanishing — ular orasida birinchi marta onalik baxtiga erishganlar ham, nihoyat o‘g‘il farzandli bo‘lganlar ham, farzandiga o‘z taxallusini qo‘yganlar ham bor.
“Afruz” guruhi a’zosi Muzaffar
“Afruz” guruhi xonandalaridan biri Muzaffar 2015-yil 9-fevral kuni ota bo‘ldi. Chaqaloqqa Ibrohim deb ism qo‘yildi.
Aktrisa Sevara Soliyeva
24-aprel kuni aktrisa Sevara Soliyeva ona bo‘ldi — chaqaloqqa Sultonbek deb ism qo‘yildi. “Ko‘z tegmasin, juda to‘polonchi, buning ustiga, qiziqmagan narsasi yo‘q. Emaklasa ham, ortidan quvib yetolmaysiz”, — deydi Sevara o‘z farzandi haqida.
Raqqosa Parizoda
Raqqosa Parizoda 20-iyul kuni ikkinchi bor ona bo‘ldi — qizaloqqa Sabrina deb ism qo‘yildi.
Aktrisa Hosiyat Husanova
1-sentabr kuni 47 yoshli aktrisa Hosiyat Husanova ikkinchi bor ona bo‘ldi. O‘g‘il farzandga Imronbek deb ism berildi. “Kattam 17 yoshda. U yoshligida farzand ko‘rishni istagandim, ammo Alloh menga shu yoshimda farzandli bo‘lishimni nasib etgan ekan”, — dedi Xosiyat Husanova
Xonanda Ruxshona
6-sentabr kuni xonanda Ruxshona ona bo‘ldi — yangi tug‘ilgan chaqaloqning ismi Habiba bo‘ldi. “Hali qizalog‘im juda kichik, boshini ko‘tarib, atrofni kuzatishni, gapirsangiz, kulishni o‘rgandi. Qo‘shiq aytsam, jon quloqlari bilan tinglaydi”, — deydi xonanda “7×7” gazetasiga bergan intervyusida.
Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva
Taniqli aktyorlar — Lutfulla va Gulchehra Sa’dullayevlarning qizi Muqaddas Sa’dullayeva 11-sentabr kuni qiz farzandli bo‘ldi. Unga Mubina deb ism berildi. “Hali kichik bo‘lsa-da, o‘g‘il bolalardek to‘polonchi. E’tiborni yaxshi ko‘radi”, — deydi aktrisa.
“Benom” guruhi a’zosi Komil
19-sentabr kuni “Benom” guruhi a’zosi xonanda Komil qiz farzandli bo‘ldi.
Xonanda Sardor Rahimxon
Taniqli xonanda Sardor Rahimxon ikki qizdan so‘ng o‘g‘illi bo‘ldi — 9-oktabr kuni tug‘ilgan bolakayga Muhammad Ali deb ism berildi.
Xonanda Dildora Niyozova
Sardor Rahimxon o‘g‘illi bo‘lgan kun boshqa bir xonanda — Dildora Niyozova ikkinchi bor ona bo‘ldi. Qiz farzandga Muslimaxon deb ism berildi. “2015-yilda barcha orzum amalga oshdi”, — dedi xonanda qizalog‘i tug‘ilganini nazarda tutib.
Xonandalar Farrux Raimov va Dilso‘z
Yilning eng shov-shuvli ota-onalari: xonanda Farrux Raimov va uning turmush o‘rtog‘i, Dilso‘z taxallusi bilan ijod qiluvchi xonanda Go‘zal Jumaniyozova-Raimova tantanali to‘y marosimiga olti oy to‘lar-to‘lmas — 18-oktabr kuni ota-ona bo‘ldi. Bu holat turli gap-so‘zlarga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, Dilso‘zning tug‘ruqxonadagi holati aks etgan suratlarning tarqalib ketishi yana alohida shov-shuv bo‘ldi.
Aktyor Husan Jo‘rayev
Aktyor va teleboshlovchi Husan Jo‘rayev 28-oktabrda qizli bo‘ldi. Unga Aziza deb ism qo‘yishdi.
Xonanda Botir Yaminov
5-noyabr kuni xonanda Botir Yaminov oilasida qiz farzand dunyoga keldi. Qizaloqqa Odina ismi berildi.
Aktrisa va xonanda Madina Mumtoz
Madina Mumtoz 12 noyabr kuni ikkinchi marta ona bo‘ldi. San’atkorning ikki yarim yashar o‘g‘li — Muhammadyusufning endi Muhammadyunus ismli ukasi bor. “Turmush o‘rtog‘im bilan maslahatlashib, unga akasinikiga uyqash ism qo‘ydik”, — deydi san’atkor “7×7” gazetasiga bergan intervyusida.
Futbolchi Ignatiy Nesterov
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi darvozaboni Ignatiy Nesterov xonadonida 18-noyabr kuni o‘g‘il farzand dunyoga keldi. Bu bolakayning uch opasi bor
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Woldemor
- Дата публикации: 05.01.2016 09:14

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz