Saytni Yuklab bo'lmadi
Abdulla oripov fojiali ölim topgan qarindoshiga she'r yozdi
Woldemor
2015 » Noyabr » 19
Abdulla oripov fojiali ölim topgan qarindoshiga she'r yozdi

O'zbekiston qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov o'z jiyani Abduvahob Oripov (shoirning katta akasi Razzoq Oripovning o'g'li) xotirasiga bag'ishlab she'r yozdi.
O'zbekiston Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish departamentining Xorazm viloyati bo'yicha bo'limi rahbari, 45 yoshli Abduvahob Oripovning jasadi o'tgan haftada Urganch markazidan o'tadigan Shovot kanalidan topilgandi.
Ayni vaqtda bu hodisa bo'yicha tekshiruvlar olib borilmoqda.
TIRIKLIK QIYMATI
Ukam Abduvahob Oripov xotirasiga
(1970-2015)
Beshikdan chiqiboq himoyaga o't,
Durustdir, tiriklik g'amini esang.
Har lahza yovuzning tajovuzin kut,
Agar bu dunyoda sog' yuray desang.
Hovling devorini terak bo'yi qil,
Kuchukning o'rniga bog'lab qo'ygin fil.
Tank ham sotib olsang, tinchiydi ko'ngil,
Agar bu dunyoda sog' yuray desang.
Еrto'la qazdirib, shunga kirib yot,
Atrofga elektr simlarini tort.
Shuni talab qilar, afsuski, hayot,
Agar bu dunyoda sog' yuray desang.
Temurning o'q o'tmas sovutini kiy,
O'rta asrlardan kelgandek harbiy.
Ko'zni ehtiyot qil, tepangda qirg'iy,
Agar bu dunyoda sog' yuray desang.
Qotil bajaradi ishin qotirib,
O'ldirar, boshingni suvga botirib.
Hushyor boq, qaydan bu nayrang va firib,
Agar bu dunyoda sog' yuray desang.
Butkul er yuzining ahvoli shuldir,
Seni o'ldirarlar yoki sen o'ldir.
Qulog'ing kar bo'lsin, ko'zlaring so'qir,
Agar bu dunyoda sog' yuray desang.
Xudoyim negadir bandasin urgan,
Inson ko'p, bir-birin poylashib turgan.
Hech qursa, bekinib yashashni o'rgan,
Agar bu dunyoda sog' yuray desang.
Sharqda ham, G'arbda ham bir xil muammo,
Muftiy, kardinallar qilsinlar duo.
Qo'llasin Tangrining O'zi, avvalo,
Agar bu dunyoda sog' yuray desang
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Woldemor
- Дата публикации: 19.11.2015 09:45

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz