Saytni Yuklab bo'lmadi
Agar sevgan ayolingizda shu sifatlarni ega bölsa uni hech qachon qøyib yubormang
Woldemor
2015 » Dekabr » 26
Agar sevgan ayolingizda shu sifatlarni ega bölsa uni hech qachon qøyib yubormang

Har bir erkak u bilan baxtli hayot kechira oladigan ayolni uchratishni hoxlaydi. Lekin, u ayol rostdan ham sizning orzuyingizdagidek ekanligini qanday aniqlash mumkin. Bugun Saytimizda ideal ayolning sifatlari haqida ma'lumot beramiz. Marhamat!
U sizga nisbatan aqlliroq
Har bir erkakga unga hayot orqali borishi uchun yordam beradigan aqlli ayol kerak. Aytishlaricha har bir kuchli erkak ortida buyuk bir ayol bo'lar ekan. Va bu haqiqat. Ayol kishisiz erkak oddiy egoistdan ortiq emas. Uning hayotiga aqlli ayol kirsa, u barchasini saqlab qolish uchun ma'no, yo'nalish va donolikga ega bo'ladi.
U chiroyli
Uning go’zalligi sizning ko’zingizda, agar u(sizning didingizda) nihoyatda go’zal deb o’ylasangiz uni qo’yib yubormang. Hozirgi kunda kimlardir o’zini tashqi ko’rinishiga juda ham ko’p vaqt ajratadi va kimlardir umuman o’ziga qaramaydi. Go’zallik bu birinchi odamning tasavvuri. Va bundan uyalish kerak, emas balki bunga to’g’ri baho berishni o’rganish lozim.
U mehribon va g’amxo’r
Yaxshi odam – mehribon odamdir. Agar u mehribon bo’lmasa sizni hayotingizga kirishi haqida gap ham bo’lishi mumkin emas. Ayolning eng yaxshi fazilati bu g’amxo’rlik. Ba’zi ayollar hatto bolalik bo’lishni ham istashmaydi. Ba’zi bir hollarda erkak ayoldan ham g’amxo’rroqdur. Garchi ayollarda onalik instinkti mavjud bo'lsada.
U qiziquvchan
Hayot har doim ham yengil kechmaydi. Ba’zida zerikarli, ham bir hil bo’ladi. Ayol kishi erkakni xushvaqt qilish uchun yaratilmagan. Balki aksincha! Lekin harakatchan va har doim qiziquvchan ayol bilan siz o’zingizni baxtliroq his etasiz.
U sizni butun vujudi bilan sevadi
Abatta bu eng muhim fazilatdir. Agar ayol sizni sevsa – u sizni butun vujudi bilan sevadi. Erkaklar bu ka’bi seva olmaydi . Ayollarda sevgan odamiga o’zini bahshida qilish qobiliyati bor. Agar sizni rostdan ham sevadigan ayolni topgan bo’lsangiz, siz dunyodagi eng katta sovg’ani topibsiz.
U kelishuvga tayyor
Ikkala jins egalari o’ziga yarasha qaysar. Biz barcha narsalarni o’z ko’rinishida bo’lishini istaymiz. Har holda munosabatlar kelishuv bilan yaratiladi. Shunday ayol topingki u kelishuvga tayyor bo’lsin. Lekin bu hammasi emas, shu kelishuvga o’zingiz ham rozi bo’lishingizga to’g’ri keladi.
U uyingizda shinamlik yaratadi
Sevish, chuqur sevish dunyoda o’zini o’rnini topish demakdir. Bu o’zingizni qayerdaligingizni va boshqa yerga borishni istamasligingizni sezish. Agar uni ko’zida o’zingizni qalbingizni ko’rsangiz demak siz uydasiz. Va hech qayerga ketmang.
U sizga nohaqligingizni ayta oladi
Har bir erkakga safsatalardan qutqaradigan ayol kerak. Yigatlar notog’ri qarorga kelib oddiy hato qilib turishadi. Sizni yo’lingizdan boradigan va sizning hatolaringizni aytadigan ayol topib hayotingizni yaxshilashingiz va aksincha barbot qilishingiz ham mumkin.
U kuchli va nozik
Hamma ayollarga nisbatan o’zini didiga ega, lekin ularning hammasi kuch va noziklik birikmasidir. Har bir erkakga kuchli ayol umiryo’ldosh kerak. Nozik ayol bu kuchli ayol. Bu ikki sifat qaramaqarshi emas. Ko’pincha ular birlashadi. Ayol o’z qadrini biladi va ayol bo’lib tug’ilganidan g’ururlanadi.
U ehtirosli
Ehtirosga boy hayot yashashga arziydi. Lekin yolg’izlikda ehtiros bilan yashab bo’lmaydi. Ehtiros ikki tirik o’rganizmlar orasida paydo bo’ladi, hatto ikki shaxsiyat orasida ham. Ehtiros o’zining “yuqumliligi” bilan go’zal. Bu eng xush ko’riladigan “patogen”.
U yaxshi uy bekasi
Tushunishimcha b a’zi erkaklar o’ziga aynan uyda "o’tiradigan" xotin izlaydilar. Shuningdek ko’pchilik ayollar ham shuni orzu qilishadi. Agar u uyda qolishni, ovqat qilishni, uy yig’ishtirishni, bolalarga g’amxo’rlik qilishni xoxlasa, ishonch hosil qilingki, u ajoyib uy bekasi.
U siz uchun hamma narsa
Ba’zan bizlar bir insonni telbalarcha sevamiz, lekin buni tushuntirib bera olmaymiz. Rostini aytganda sizga sababni ham keragi yo’q. Agar siz uni sevsangiz, usiz hayotingizni tasavvur ham qila olmasangiz u odamni hech qachon qo’yib yubormang. Agarda u siz uchun ko’p ahamiyatga ega bo’lsa, siz buni tushunib yetishingiz kerak. Ko’pincha bizlarga qimmatli bo’lgan odamni yo’qotmagunimizcha u bizga qanchalik kerak bo’lganligini sezmaymiz. Har doim ikkinchi imkoniyat bo’ladi deb o’ylaymiz, va qachondur yana ko’rishishimizga ishonamiz.
Bo’lishi mumkin. Lekin aksincha bo’lishi ham mumkin. Siz uni butunlay yo’qotishingiz mumkin. Ko’p yillar davomida hayotingizdagi eng muhim baxtdan kechganligingiz haqida afsuslanishingiz mumkin. Tavakkal qilmang!
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Woldemor
- Дата публикации: 26.12.2015 17:31
Tushunarliroq

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz