Saytni Yuklab bo'lmadi
Aka Dollar Kötarildi
Woldemor
2015 » Dekabr » 13
Aka Dollar Kötarildi

Gullarga pul raqib bo'ldi,
Dollar barin taq'ib qildi.
Valyutachik kulib dedi,
Aka dollar ko'tarildi.
So'mlar qoldi inqirozga,
Dollar bo'ldi har og'izda.
Ne sinoat bu qog'ozda,
Aka dollar ko'tarildi.
Bozorlarsiz bitmas yumish,
Boshlarda ko'p xol tashvish.
Harjlar uchun kissa xomish,
Aka dollar ko'tarildi.
Narx navolar bo'ldi osmon,
Buni ko'rib o'rtandi jon.
Do'konchi der bo'lmang hayron,
Aka dollar ko'tarildi.
Qassob tishga qo'ydi tish,
Qiyin bo'ldi ho'kiz olish.
Biram qimmat go'shtu govmish,
Aka dollar ko'rildi.
Qiyin bo'ldi sotuvchiga,
Aylandi gap otuvchiga.
Diydi har bir o'tuvchiga,
Aka dollar ko'tarildi.
Kiyimdanku ochmang og'iz,
Narxin ko'rib lol qolasiz.
Qimmat hatto qovun tarvuz,
Aka dollar ko'tarildi.
Ko'ngil uzib ketolmaysiz,
Harid qilmay o'tolmaysiz.
Diydi nonni so'rasangiz,
Aka dollar ko'tarildi.
Bozorda zo'r mashinalar,
Uni faqat boylar minar.
Olay desam dollar so'rar,
Aka dollar ko'tarildi.
Ayting kimga qoldi kunim?
Qayga ketdi milliy pulim.
Demang dilga berib zulm,
Aka dollar ko'tarildi"
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Woldemor
- Дата публикации: 13.12.2015 09:12

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz