Saytni Yuklab bo'lmadi
Alla ayting ona
zulfi-yuksel
2016 » Fevral » 19
Alla ayting ona

Alla ayting onajon uyqum kelyapti, Bu dunyodan mangu ketgim kelyapti. Qiyomat eshigin ochmayin turib, Meni jannatlarga kirgim kelyapti. Alla ayting onajon ko`zda yosh bilan, Axir bu o`glingiz ko`p xato qilgan, Alla ayting ona umrim oxrida, Nahot yurolmadim hayot bog`ida. Siz alla aytsangiz ko`nglim chog` ona, Mehringiz bulutdan buncha oq ona, Lekin qololmayman dunyoda ortiq, So`ngi allangiz qiling siz tortiq. Alla ayting untay dunyo azobin, Onjon ko`zingiz bunchalar g`amgin. Qo`ying yig`lamang kerakmas ko`z yosh, Men uchun yosh to`kmang bu men bag`ritosh. Yo`q yig`lamang ona yig`lamang ona, Men bag`ritosh uchun yosh to`kmang ona. Ona holingizdan habar olmadim. Sevgining hididan mast bo`lgan edim... Netay sinovli bir kam bu hayot, Endi men ketaman ketaman nahot. Onajon sevgidan topdim yolg`onlar, Yolg`onchi ekan bu go`zal jononlar, Faqat mehringizdan olay oromlar, Alla aytin ona uyqum kelyapti. Nahot qadringizni bilmadim ona, Iltimos kechiring kechiring ona… Mendan rozi bo`ling yig`lamang ona, Alla ayting ona alla ayting ona…… Alla bolam alla mehrim daryo senga, Alla bolam alla shuncha azob kimga??? Alla bolam alla borar joying jannat, Alla bolam alla sen Allohga omonat.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: zulfi-yuksel
- Дата публикации: 19.02.2016 23:59

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz