Saytni Yuklab bo'lmadi
Alvido alvido gulim
Beruniy59
2015 » Oktyabr » 26
Alvido alvido gulim

Sizni qalb bog'larimda, sevgim kutardi,
Telba yurakkinam, sabrsiz qo'msardi,
Armonlarim meni ayamay yutardi,
Ammo, dilim nolalarin bilmadingiz, hech.
Sizni uzun, dardli she'rlarim sevardi,
Suratingizga ko'ngilginam gohida ko'nardi,
Gohida chidolmay, isyon qilardi,
Ammo, ko'ksimdagi azoblarni bilmadingiz, hech.
Sizni unutishimni dilim yolvorib so'rardi,
Alamlarim ko'ksimga xanjarlar urardi,
Gohida oyning menga rahmi kelardi,
Ammo, yuragim ohlarin bilmadingiz, hech.
Charchadim, boshqa yurak o'rtashga qolmadi holim,
Bedor tunlarni o'tkazishga yo'qdir madorim,
Najotsiz, chorasiz kutishga yetmaydi sabrim,
Endi, nimayam qilardim, alvido, alvido gulim
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Beruniy59
- Дата публикации: 26.10.2015 15:12
zòr

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz