Saytni Yuklab bo'lmadi
Antarktida qanday paydo bo‘lgan?
rakhman_qalbaev
2016 » Sentyabr » 28
Antarktida qanday paydo bo‘lgan?

Sayyoramiz janubidagi oltinchi qit’a — Antarktida kashf etilganiga 190 yildan oshdi. Biroq uning yuzasini qoplagan muzqatlamlari tagidagi sirlar hanuzgacha ochilgani yo‘q. Ba’zilar “muz po‘stin” sirli hayot manzaralarini yashirib yotibdi deb hisoblasa, boshqalar Yerning paydo bo‘lishiga bilan bog‘liq savollarga shu joydan javob olish mumkin, deydi. O‘zuvchi va tarixchi Keystut Zakoretsskiy taxminiga ko‘ra, Antarktida koinot miqyosida ro‘y bergan ulkan halokat natijasida yuzaga kelgan.— Antarktidaning vujudga kelishi favqulodda sirli va ajoyib hodisadir, — deydi K. Zakoretsskiy. — Olimlarning qachonlardir Yerda Gondvana degan yagona superkontitent bo‘lganiga doir taxminni ilgari surganiga ancha bo‘ldi. Bu yagona qit’a amalda Janubiy yarim shardagi barcha quruqlikni birlashtirgan. U 750-530 mln. yil muqaddam mavjud bo‘lgan. Xo‘sh, bu qit’a qayoqqa g‘oyib bo‘lgan? Yagona superkontitentning parchalanib ketishini faqat koinot miqyosidagi yirik falokatlargina keltirib chiqarishi mumkinmi? Geologlar ko‘p ming yillar avval ummonlar sathi bir necha metrga ko‘tarilgan, degan fikrni aytib kelishadi. Sayyoraga buncha ko‘p miqdordagi suv qayoqdan kelgan? Koinotdan. Ba’zan bir necha kub kilometr hajmdagi muz kometa — “uchuvchi aysberg”lar Yer orbitasini kesib o‘tib qoladi. Ular sayyora yuzasini o‘yib kirgach, eriy boshlaydi va hosil bo‘lgan suv ummonlar sathini ko‘taradi. Taxmin qilish mumkinki, shunday “aysberg”lardanbiri Yerga kelib urilib, inson tomonidan o‘zlashtirilgan Qora dengiz bo‘yi, Alyaskadagi Berengiya, Chukotka va boshqa joylarning sohillarini suv ostida qoldirgan.Astronomiya fani yulduzlar “tug‘iladi”, “yashaydi” va “o‘ladi”, deya ta’rif beradi. Agar “o‘lgan” yulduzning biror sayyorasi bo‘lsa, u koinot uzra o‘ziga yangi yulduz tizimlarini axtaradi. Taqdir hukmiga havola etilgan bu sayyora yangi yulduz turkumini topsa ham darhol uning orbitasida aylana olmaydi, balki uni bir necha bor kesib o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Tasavvur qilingki, Yer kurrasi yonidan mana shunday “taqdiri noaniq” sayyora, deylik Neptun (uning massasi Yernikidan 17,2 barobar katta) uchib o‘tayapti. Bu Yerga ta’sir ko‘rsatadimi? Ko‘rsatganda ham qanday! Aslo uni yaxshilikka yo‘yib bo‘lmaydi. Olimlar taxminicha, Neptun sayyorasi 12 500 yil muqaddam Mars va Yupiter orasidan o‘tayotib, yo‘lidagi butunbir planetani parchalab (o‘sha planeta parchalari “uchuvchi aysberg”larga aylangan) yuborgan. Neptun Mars sayyorasi yonidan uchib o‘tayotganda Marsning yuzasida uzunligi ming kilometrli dara (kanon) hosil bo‘lgan (ya’nio‘zaro tortishish oqibatida Neptun Marsning shuncha qismini “yulib“ ketgan). Neptun Yerga yaqinlashganda ham shunday hol ro‘y bergan. Ya’ni u hozirgi Tinch okeani o‘rnidan Yerning butun bir qobig‘ini qo‘porib ketgan bo‘lishi kerak. Oy ana shu Neptun “qo‘porgan” qobiqdan hosil bo‘lgan, degan nazariya mavjud. Biroq Yerdan qo‘porilgan qobiqning hammasi koinot qa’riga uchib ketmagan, uning bir qismi Yerning ichki qayishqoq qobig‘i ta’sirida “aylanib, buralib qolgan”. Buning oqibatida Godvana superkontinenti bo‘laklarga bo‘linib, Janubiy qutb kengliklarida Antarktida hosil bo‘lgan.Asta-sekin Antarktidani muz qatlamlari qoplagan. Tadqiqotchilarning dalillashlaricha, uning yuzasida hayot mavjud bo‘lgan. Aynan Janubiy qutbdan 520 kilometr masofada sovuqqa bardoshsiz bo‘lgan qadimgi timsohning bosh suyagi topilgani ham bejiz emas. Ba’zi manbalarda insoniyat ayrim bilimlarni tayyor holda olgan, degan ishoralar mavjud. Xo‘sh, qaerdan olgan bo‘lishi mumkin? Ehtimol, qachonlardir mavjud bo‘lgan rivojlangan tamaddunlardandir. Ular qaerda? Ehtimol, Antarktida hududida bir vaqtlar shunday tamaddun bo‘lganmikan? Hozircha buni yuz foiz tasdiqlash qiyin. Negaki, barcha dalillar muz ostida yotibdi. Ularni qazib olish esa oson emas, boz ustiga juda qimmat. Antarktida Yerning jannatmakon burchagi — sobiq Atlantida ekanligiga doir gap-so‘zlar tarqaganiga ancha bo‘ldi. Bu g‘oyani dastlab Platon aytgan: yo‘qolgan jannatmakon hududning hajmi (30 000 ga 20 000 bosqich — bir bosqich 185 kilometrga teng) Antarktida o‘lchamlariga muvofiq kelarkan. Binobarin, ikki asr muqaddam turk admirali Piri Reynsning 1513 yili tuzilgan xaritasi topilgan edi. Unda Antarktida yuzasi muz qoplamisiz ko‘rinishda tasvirlangan. Reyns bu xaritani tuzishda qadimgi yunon manbalariga tayanib ish ko‘rganini ta’kidlagan.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: rakhman_qalbaev
- Дата публикации: 28.09.2016 09:11
Qoyil zo'r

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz