Saytni Yuklab bo'lmadi
Aql salohiyati insonga öxshash 9 jonivor
Woldemor
2015 » Noyabr » 19
Aql salohiyati insonga öxshash 9 jonivor

Ko‘pchilik: “Mushuk itdan aqlli”, — deb o‘ylaydi. Umuman, jonivorlarning qay biri imo-ishora tilida so‘zlasha oladi? Qo‘ylar haqiqatan ham ahmoqmi?
Bu masalada bizga entsefalizatsiya koeffitsiyenti yordam beradi (quyida nomlari keltirilgan har bir jonivor yonida qavs ichida ko‘rsatilgan raqamlar).
Tilni sindiradigan bu ilmiy atama jonivorning aqliy salohiyati qay darajada rivojlanganini taxminan baholash uchun xizmat qiladi,deb yozadi“Interesno”.
Entsefalizatsiya indeksidan rivojlanish tendensiyalarini aniqlashda, shuningdek, har xil turlarning imkoniyatlarini belgilashda foydalaniladi.
Qo‘y (0,7)
9-o‘rinda — qo‘y! Bundan 8 ming yil avval Yaqin Sharqda xonakilashtirilgan bu jonivor yuksak aql-zakovati bilan ajralib turmaydi, imo-ishora bilan unga biror narsani tushuntirish amri mahol. Yaqqol autsayder.
Ot (0,8)
Otlarda xotira juda yaxshi rivojlangan. Bundan tashqari, ushbu jonivorlarda shartli reflekslar ham a’lo darajada ishlaydi. Umuman olganda, otlardan foydalanish aynan shu jihatlarga asoslangan.
Mushuk (0,9)
Bir guruh tadqiqotchilarning fikricha, mushukning zehni ikki yoshli bolaning aqliy salohiyati bilan teng. Mushuklar o‘z egalari xulq-atvorining ba’zi jihatlarini o‘rganib, shunga monand harakat qila oladi.
Olmaxon (1,0)
Aql-zakovat masalasida mushuklar va itlar orasidan joy olgan olmaxonlar shuqadar donoki, olimlarning aniqlashicha, ular qish uchun qo‘ziqorinlarni ham quritib qo‘yadi. Qishga hozirlik ko‘rish borasidagi uquvi sabab olmaxonlar yovvoyi tabiatda yashab keta olgan.
It (1,2)
Spartanburg shahridagi Vofford kolleji tadqiqotchi-ruhshunoslari border-kolli zotiga mansub Cheyser laqabli itga 1000 dan ortiq obyektni so‘z orqali anglashni o‘rgatishga muvaffaq bo‘ldi. It mazkur obyektlarning vazifasi va shaklini tasniflay oladi, bu esa uch yoshli bolaning aqliy salohiyati bilan teng.
Afrika fili (1,4)
Bu jonivorning miyasi 5 kilogrammga yaqin, bu — rekord; hatto kitning miyasi ham bunchalik katta emas. Olimlarning fikricha, fil qayg‘u, quvonch, hamdardlikni his qila oladi; fillarda o‘zaro hamkorlik, o‘zini o‘zi anglash, shuningdek, o‘ynoqilik rivojlangan. Fillar boshqa tur vakillari, masalan, itlarga nisbatan g‘amxo‘r, shuningdek, qurbon bo‘lgan turdoshi uchun aza ham tutadi.
Gorilla (1,6)
Gorillalar ongi shimpanzelarnikidan bir kalla past. Biroq gorillalar orasida ovozli 16 kombinatsiyaga asoslangan sodda muloqot yaxshi rivojlangan.
Ba’zi gorillarga imo-ishora tilini o‘rgatishga muvaffaq bo‘lgan olimlar bor.
Shimpanze (2,2)
Shimpanzelar imo-ishora tilida so‘zlashishni o‘rgana oladi. Bu jonivor so‘zdan ko‘chma ma’noda foydalanishni biladi, o‘ziga ma’lum so‘zlardan yangi ma’nolarni keltirib chiqara oladi.Shimpanzening o‘ziga xos jihati — unda yumor hissi bor. Bu maymunlar mehnat qurollaridan faol foydalanadi, shuningdek, ko‘zguda o‘zini taniydi. Bundan tashqari, shimpanzelar sodda asboblarni yasay oladi.
Masalan, chumoli tutish uchun maxsus tayoqchalarni tayyorlash shimpanzening qo‘lidan keladi.
Katta delfin (5,2)
Siz uchun kutilmagan bir yangilik — insonning entsefalizatsiya koeffitsiyenti 7,6 ga teng. Shunday ekan, delfinlar ong masalasida odamlardan juda ortda qolgan deyish qiyin.
Delfin qoidalarni umumlashtirib, yangi abstrakt tushunchalarni hosil qila oladi.
Tananing turli qismlari uchun mo‘ljallangan ramzlarni farqlay oladi, imo-ishorani tushunadi, ko‘zguda o‘zini ko‘rsa, taniydi.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Woldemor
- Дата публикации: 19.11.2015 09:54

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz