Saytni Yuklab bo'lmadi
Aqsh dollari haqida 11 fakt
Woldemor
2015 » Noyabr » 24
Aqsh dollari haqida 11 fakt

1. Dollar so’zi o’rta asrlarda Germaniyada paydo bo’lgan tanga nomi “Taller”dan kelib chiqqan. Keyinchalik taller Germaniyada butunlay muomaladan chiqib ketdi. Uning o’rniga marka kirib keldi. Biroq, uning nomi xalq orasida qolib ketdi. O’sha paytlarda Angliya va Ispaniya koloniyalarida peso nomi bilan mashhur bo’lgan ispan tangalari muomalada bo’lgan. Bu tangalarni ko’p joylarda adashgan holda “dalar” deb atashar edi. Uzoq urushlardan so’ng mustaqillik erishgan AQSH hukumati davlatning rasmiy valyutasini muomalaga kiritish chog’ida unga hech ikkilanmay hammaga ma’lum va mashhur bo’lgan ”dollar” nomini tanladi. O’sha paytda mashhur shaxslardan biri “Yangi Amerika o’zining yangi puliga juda eski nom tanladi” – degan edi.
2. Uzun inglizcha ibora “piese of Eight”, ya’ni 1/8 (nimchorak) qog’ozda o’chirilgan 8 ga aylanib, oxir-oqibat bizga tanish bo’lgan dollar belgisi ($) paydo bulgan.
3. Dollarning jargonda “Baks” deb ham ataladi. Bu so’z bug‘uning terisi nomidan kelib chiqqan bo’lib, ingliz tilida bug‘u erkagining nomi buck. U bir paytlar hindular bilan savdo qilishning asosiy quroli bo‘lgan. Ular buni “olovli suv”, o‘qlar va h.k. almashtirishgan. Shuningdek, bucks so‘zini kelib chiqish tarixini qadimiy vino (mussalas) ishlab chiqarish ma’budi hisoblanish Baxus nomga ham atalgan degan gaplar bor. Shuningdek, tangalarning ham o‘z nomlari bor: 1 sentlik – penni, 5 sent – nikel,10 sent – daym, 25 sent – kvoter, 50 sent – xaf deb yuritiladi.
4. Dollarni ishlab chiqarish uchun zig‘ir va paxta moddalaridan foydalaniladi. Dollarlar nashr qilinadigan qog‘oz tarkibiga 25% zig‘ir, 75% paxta va ko‘p bo‘lmagan hajmda mayda sintetik tolalar kiradi. Bu tolalar ko‘k va qizil rangga ega bo‘lib, butun kupyura ustida ko‘rinib turadi. Banknotaning taxminiy og‘irligi-1 gramm.
5.Dollar muomalaga kiritilgan vaqtdan boshlab AQSh hukumati uning qiymatini oltin bilan bog‘lagan. 1792 yilda oltinning bir unsiyasi 19,3 $ deb belgilangan. 1834 yilda AQShning oltin zahirasi yetarli bo‘lmaganligi tufayli unsiya bahosi 20,67 $ ga ko‘tarilgan. Bu qiymat asrlar davomida o‘zgarib borsada dollarning oltin bilan baholanishi va bog‘liqligi saqlanib qolinavergan.
6. Eng ko‘p tarqalgan banknota bu – 1 dollarlik. Nashr qilingan banknotalarning deyarli yarmi 1 dollarliklarni tashkil qiladi. 2 dolllarlik banknotalar oxirgi marta 2003 yilda nashr qilingan va bora-bora muomiladan chiqib bormoqda.
7. Kuniga 35 mln. banknota ishlab chiqiladi. Shiqirlab turadigan AQSh dollarlari kuniga muomilaga kiritiladi. Agar nominallarni bo‘yicha hisoblansa, Shtatlarda kuniga 635 mln. dollar atrofida chiqariladi. Biroq, huddu shu miqdordagi banknotalar har kuni qo‘llashga yaroqsiz holga kelganligi uchun muomiladan chiqariladi ham.
8. Dollarlar juda chidamlidir. Zamonaviy kupyuralar 4 mingdan ziyod buklashlarga chidaydi. AQSh Federal Zahira Tizimi ma’lumotlariga ko‘ra 1 dollarlik 22 oyda, 5$ 24 oyda, o‘ntalik 18 oyda, 20$ 25 oyda, 50$ lik – 55 oyda yangisiga almashtiriladi. Yuztalik eng ko‘p «yashaydi», u 60 oy aylanib yuradi.
9. Dollarlarni 1929 yildagi standartlar bo‘yicha nashr qilishadi. Dunyodagi eng mashhur kupyuralarni ustki ko‘rinishini 1929 yilda tasdiqlashgan. O‘sha vaqtda kupyuraning old qismida portret, orqa qismida tarix obidalari, arxitektura va tabiat tasvirlanadi deb ta’sis etilgan.
10. Dollarda asosan AQSh prezidentlari suratlari tasvirlanadi: 1 dollarlikda AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashington, 2 $ da uchinchi prezident Tomas Jefferson, 5 $ da 16- prezident, Shimol va Janub o‘rtasidagi urush g‘olibi Avraam Linkoln, 10 $ da AQSh «asoschilaridan biri», birinchi moliya vaziri Aleksandr Gamilton, 20 $ da yettinchi prezident Endryu Jekson, 50 $da 18-prezident, fuqarolar urushi qahramoni Uliss Grant, 100 $likda olim, publitsist va mohir diplomat Benjamin Franklin surati tushirilgan. Dollarga ayol portreti faqatgina 1886 yilda bir bora tasvirlangan. 1 dollarlik banknotada Marta Vashingtonning portreti tasvirlangan edi.
11. Biz bilgan va ko‘rgan 1, 5, 10, 20, 50, 100 dollarliklardan tashqari 2500, 1000, 5000, 10000, 100000 dollarliklar ham bor.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Woldemor
- Дата публикации: 24.11.2015 09:35
yahshiyu qayerdan bildilaring buni
Rahmat up
Zooor malumotlaar

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz