Saytni Yuklab bo'lmadi
Axad Qayum she’rlari
somsalar
2017 » Sentyabr » 14
Axad Qayum she’rlari



OTA-ONAM QADRINI...
Obro`y topdim qo`shiqlar kuylab,
Raxmat oldim el dardin so`ylab,
Charchamadim o`zimni o`ylab,
Eshitmadim onam dardini,
Qachon bildim otam qadrini.
Nasixatlar berdim do`stimga,
U yo`l topdi kirib so`zimga,
Pand bermadim lekin o`zimga,
Eshitmadim onam dardini,
Qachon bildim otam qadrini.
Xali vaqt bor yoshman-ku dedim,
Kelajagim g`amini edim,
Hudbin edim, bir nodon edim,
Eshitmadim onam dardini,
Qachon bildim otam qadrini?
Ostonamda yig`laydi afsus,
Ahad deydi Buhoro yolg`iz,
Mashxur bo`lding endi ketamiz,
Eshitmadim onam dardini,
Qachon bildim otam qadrin *** SEVIB QOLDIM SHEKILLI!
Xayot buncha yoqimli,
Dilda xislar shovqinli,
Qalbimda gullar dunyo,
Sevib qoldim shekilli.
So`zlarim Majnun-Majnun,
Ko`zlarim maftun-maftun,
Menimcha do`stlar bugun,
Sevib qoldim shekilli.
Senga o`rganib qoldim,
Juda o`zgarib qoldim,
Yana ko`nglim beroldim,
Sevib qoldim shekilli.
Hayol ichra mast suzib,
Armon iplarin uzib,
Qasamlarimni buzib,
Sevib qoldim shekilli.
Kechib bevafolardan,
Dil chandiq yarolardan,
Qutulib g`avg`olardan,
Sevib qoldim shekilli.
Ishon menga azizam,
Go`zali yo`qdir sandan,
Mana endi rostdanam,
Sevib qoldim shekilli.
Xayot buncha yoqimli,
Dilda xislar shovqinli,
Qalbimda gullar dunyo,
Sevib qoldim shekilli**** п»їSEVGILIM JONIMпї½
Gulyuzginam meni sevgilim jonim,
Yolg`izginam meni sevgilim jonim.
Sog`inganman qachon ko`rishamiz deb,
Olisginam meni sevgilim jonim.
Bir bora sevdim deb ayta olmayin,
Tilsizginam meni sevgilim jonim.
Qalbim osmonini bezagan zuxro,
Yulduzginam meni sevgilim jonim.
Meni xammadanam ortiq deb bilgan,
Azizginam meni sevgilim jonim.
Qachon diydor uchun, yig`larmisan, o
Nargisginam meni sevgilim jonim.
Sevib qolsayding deb botirin kutgan,
Ojizginam meni sevgilim jonim.
Ahadning bahtiga baht qo`shib turgan,
Mensizginam meni sevgilim jonim.
Gulyuzginam meni sevgilim jonim,
Yolg`izginam meni sevgilim jonim
Поделись с друзьями:

- Добавлен: somsalar
- Дата публикации: 14.09.2017 22:16
Ha zur ekan
Ajoyib she'rlar tuplami ekan

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz