Saytni Yuklab bo'lmadi
Ayollar
Malika
2016 » Fevral » 5
Ayollar



Ayollar bor - erkaklarning baxtidir,
Ayollar bor - jannat uning taxtidir,
Ayollar bor - faqat janjal istaydi,
Ayollar bor - tinmasdan pul qistaydi...
Ayollar bor - so'zlari boldan shirin,
Ayollar bor - hech kimga bermas sirin.
Ayollar bor - vayrona koshonasi,
Ayollar bor - g'iybat uning onasi.
Ayollar bor - yaratilgandek nurdan,
Ayollar bor - bilmam qaysi unsurdan.
Ayollar bor - turolmaydi kiyimsiz,
Ayollar bor - kiyim kiygan kiyimsiz.
Ayollar bor - sochin ko'rmagan shamol,
Ayollar bor - o'ylashga ojiz xayol.
Ayollar bor - oshig'i ko'p sochidan,
Ayollar bor - yolg'on anqir yoshidan.
Ayollar bor - ifori guldan hushbo'y,
Ayollar bor - go'zal, chiroyli, hushro'y.
Ayollar bor - hijob uning niqobi,
Ayollar bor - behayolik kitobi.
Ayollar bor - odobi ma'lum ko'zdan,
Ayollar bor - pul uchun kechar o'zdan.
Ayollar bor - aziz deyishga loyiq,
Ayollar bor - bunday nomga noloyiq.
Ayollar bor - qalqon bo'lgan ko'kragi,
Ayollar bor - ayollarning erkagi.
Ayollar bor - zo'rman deya kerilgan,
Ayollar bor - erkaklardan yaralgan.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Malika
- Дата публикации: 05.02.2016 15:48

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz