Saytni Yuklab bo'lmadi
Baxtli bòlaman
Malika
2016 » Fevral » 29
Baxtli bòlaman



Bir kun malikaga o'xshab qolaman,
Gul qadalgan oppoq libos olaman,
Muzdek yuraklarga o'tlar solaman,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...
Bir kun ko'z o'ngimda gullaydi bahor,
Oyqizlar tegramda aytishar yor- yor,
Menga gullar tutar meni suygan yor,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...
Bir kun mahkam quchib Dadam bo'yini,
Singlimga tutqazib erka kuyimni,
Yig'lab tark etsam-da ota uyimni,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...
Bir kuni yor-yorga to'lar samolar,
Yo'limda tutashar ko'kka olovlar,
Bobom va buvimdan olib duolar,
Men baxtli bo'laman ishonavering...
Bir kuni honamga baxtlar to'ladi,
Oynadan go'zal bir kelin kuladi,
Dadam juft, ayam ham ikkita bo'ladi,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...
Bir kuni yuzimga upolar surib,
Boshimga popukli ro'mollar o'rab,
Qizchalar chiqishar ro'molcha so'rab,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...
Bir kuni charog'on bo'ladi kunlar,
Guldonda ochilar oq atirgullar,
Hovli-ko'chalarga sepkanda suvlar,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...
Bir kun ULAR uchun sarpo teraman,
Ko'zlariga o'tdek yonib turaman,
Borsangiz, Sizga ham salom beraman,
Men baxtli bo'laman, ishonavering
Bir kuni fayzli bir joy tuzataman,
Dadajon, Ayajonga choy uzataman.
Begimni ko'chaga shod kuzataman,
Men baxtli bo'laman, ishonavering
Bir kun polvonimga aytsam allalar,
Uyimga to'lar so'ng beshik- yallalar,
To'ybola Ayasi bo'lgan pallalar,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...
Bir kun nigohlarim bo'lar bo'lakcha,
Orzularim sari baxtdan yo'lakcha,
Qizchamga kiydirib atlas ko'ylakcha
Men baxtli bo'laman, ishonavering...
Bir kuni boshimdan yog'ar yog'dular,
Meni tark etadi g'amlar- qayg'ular,
Farzandlarim uchun qilib orzular
Men baxtli bo'laman, ishonavering...
Bir kun termulsalar ko'zimga kulib,
Ko'zlaridan boqiy sevgisin bilib,
Begim bekligini duolar qilib,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...
Bir kuni uzilmas rishta bog'lasa,
Bir kuni ishonchlar o'zin oqlasa,
Bir kuni... Bir kuni Hudo xohlasa,
Men baxtli bo'laman, ishonavering!
《☆♡
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Malika
- Дата публикации: 29.02.2016 13:05
Ha zor ciroyli ha ilohim hammamizga nasib qilsin wunday baxt
rasimdi oq köyne zörakan mani didimdaka
xudo xoxlasa

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz