Saytni Yuklab bo'lmadi
Bilmadingiz
Beruniy59
2015 » Oktyabr » 26
Bilmadingiz

Sizni ko'rganim zahot, yurak to'xtadi,
Ovozingiz eshitib, qalbim titradi,
Nigohingiz rom etib, dilim boyladi,
Ammo, ko'nglim hislarini bilmadingiz, hech.
Sizni ko'rganimda, qalbim quvnardi,
Sizni eslashim zahot, dilim yashnardi,
Yulduzlar ko'ngil ohlarim tinglardi,
Ammo, qalbim tug'yonlarin bilmadingiz, hech.
Sizni ismingiz ila tonglar otardi,
Tunlarda oy sirdoshim bo'lardi,
Yomg'irlar dil yoshlarim bo'lardi,
Ammo, yurak iztiroblarim bilmadingiz, hech.
Sizni sog'inib, sanoqsiz kunlar o'tardi,
Xayollarim zanjirband, samoda kezardi,
Cheksiz nolalarim falakni ezardi,
Ammo, bag'rim sitamlarin bilmadingiz, hech.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Beruniy59
- Дата публикации: 26.10.2015 15:10

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz