Saytni Yuklab bo'lmadi
Binafshaginam
anidam
2016 » Yanvar » 9
Binafshaginam

"BINAFSHAGINAM"Sokin tun. Yulduzlar porlagan.Qiz sevgilisining oldida. Bir-birlariga termulib turishibdi.Yigit:- Jonim, ertaga tug'ilgan kuningda qanaqa gul sovg'a qilay? Qiz jilmayib:- Binafsha.Yigit hayron bo'lib so'radi:- Nega aynan binafsha?Qiz:- Chunki binafsha nafis, chiroyli va mayin gul. Men binafshani juda ham yaxshi ko'raman!Yigit ham pichirlab qizning aytganlariniqaytardi:"Nafis, chiroyli va mayin..."Keyin sevgilisini asta quchoqlab, quloqlariga shivirladi:- Xo'p, o'zimning binafshaginam!Qizning ko'zlaridan ohista o'pdi...***Oppoq libosli go'zal qiz.Ko'zlari moviy rang. G'uncha lablari ko'rganni esdan og'diradigan darajada.Hammaning ta'birida baxt ostonasiga kirib kelayotgan kelin. Ko'zlarida yosh...Dili vayron... Shu on eshik taqilab kichkina bola kirib keldi va kelinchakga qarab "Buni sizga berib yuborishdi" dedi. Bir quchoq binafsha gulini uning qo'liga tutqazdi. Qiz binafshalarni quchoqladi. Ularga qarab astoydil yig'lay boshladi... Uni yig'lashdan hech narsa to'xtata olmas, binafshani quchibtiz cho'kib yig'lardi... Xonani esa nozik, chiroyli va mayin binafsha gulining yoqimli ifori qamrab olgandi...***Yigit ko'zlarida yosh bilan binafsha gulini terib, sezdirmasdan ko'm-ko'k darvozali hashamatli uyning oldiga keldi. Ostonaga gullarni sochdi va alam bilan shivirladi:"SENI SOG'INDIM, JUDAYAM SOG'INDIM O'ZIMNING BINAFSHAGINAM..."Ko'm-ko'k darvozaning narigi tarafida,boshida ro'mol, chiroyli kelinchak. Qo'lida supurgi. Binafshalar iforini his qildiyu tiz cho'kkanicha alamli ko'z yoshlari bilan ohista shivirlardi:"MEN HAM..."
Поделись с друзьями:

- Добавлен: anidam
- Дата публикации: 09.01.2016 20:01
Gap yo

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz