Saytni Yuklab bo'lmadi
Birinchi Maktub!
TimKa
2016 » Yanvar » 6
Birinchi Maktub!

Birinchi Maktub [Romantic
hikoya]
qiz:
"" Salom... Esizdami, ilk marta
uchrashganimiz? Bahor
kunlarining biri edi. Qölimdagi
kitobni varaqlab ketarkanman,
hayol bilan sizga urilib ketdim.
Nigohlarimiz töqnashdi. Bir
lahzaga yuragim jizillab ketdi.
Közlariz xuddi nimanidir
aytmoqchidek mungli edi. Biroz
jim qoldik. Uzr söradiz.
"Hechqisi yöq" dedim. Keyin öz
yöllarimizdan ketdik. Ösha
lahzada men hali yana köp
marta yöllarimiz kesishini
bilmasdim... Bir kun
uchrashib qolganimizda ilk
marta jilmayganizni kördim.
Kulish yarasharkan sizga.
Yashirmayman, yuragim g'alati
urardi sizni körganimda.
Sizni köp öylaydigan bölib
qoldim. Sizni kutib yashashga
odatlandim. Har safar atrofdan
teran nigohlaringizni
qidirardim. Siz qayerdadir meni
kuzatib turgan bölardiz.
Örtamizda g'alati rishta
uyg'ongandek tuyulardi. Faqat,
nega menga umuman
gapirmasligizga
tushunmasdim. Sizni yaxshi
körib borardim. Kutdim...
Ösha kuni yonimga kelib,
kuzatib qöyishni taklif
qilganizda dunyoda mendan
baxtli odam yöq edi.
Beixtiyor rozi böldim. Birga
ketarkanmiz, yuragimning
urishini eshtib qolishizdan
qörqardim. Oxiri meni
yoqtirishizni aytdiz. Javob
bermadim... Nima ham derdim,
"men ham" deyolmaymanku.
Yuzlarim lovullab yonardi.
Yuragim jizillab
hayajonlanardim. Shartta
burilib ketib qoldim... Keyingi
kunlar xuddi ertakdagidek
ötardi. Men sevib qolgandim.
Har kuni soatlab vaqtimizni
birga ötkazardik. Meni quchib
qulog'imga har
safar bir gapni aytardiz:
"Hayotimning har bir lahzasi
sen borliging uchun chiroyli
ötyapti. Shu bir lahza uchun
senga rahmat!" Bilmasdizda,
men bir lahza emas, butun
umrimni sizga bag'ishlashga
tayyor edim. Baxtdan mast
bölib, yolg'onlarizni sezmay
qolibman... Yarim yil shunday
ötdi. Hayotimning eng
baxtli yarim yili... Keyin siz
borgan sari uchrashuvlarga
kam keladigan bölib qoldiz.
Oxirgi kun
keldizda, közlarimga tikildiz.
Meni uzoq bag'rizga bosib,
quloqlarimga "seni ölgudek
sevaman" deb shivirladiz.
Sönggi kun ham aldadiz.
Rahmiz ham kelmadi. Sizni
boshqa qaytib körmadim.
Menga xat keltirib berishdi.
Meni unut, deb yozibsiz. Atiga
ikki söz... Siz bilan ötgan
shuncha vaqtim, sevgim haqqi
atiga ikki söz bölibdi.
Töyib-töyib yig'ladim. Qadrim
uchun, sevgim uchun,
xotiralarim haqqi... Sizdan
nafratlandim. Hech bölmasa
sababini aytmadiz. Qalbimni,
sevgimni öyin qildiz. Taqdirimiz
boshqa, seni sevmayman
desaiz tushunardimku. Nega
meni bunday jazoladiz. Sizni
sevib, gunoh qildimmikan?
Vijdoniz qiynalmaydimi? Sevgiz
xuddi bahor kabi dunyoimni
gullarga töldiradi degandim.
Lekin
öshanda bahorning-da ötkinchi
ekanligini hayolimga ham
keltirmagan ekanman.
Bugun bir oy bölibdi, shu bir oy
menga shuni örgatdi: Sizdan
nafratlanaman! ""
Ikkinchi maktub, yigit:
""Hayotimning köp tonglari
yodimda qolmagan. Ammo
bittasini sira unutolmayman.
Ösha tongda uyg'ondim.
Boshim yorilay derdi. Arang
vannaga kirib
yuzimni yuvdim. Oynaga
qaradim. Burnimdan qon
oqardi. Yiqildim, özimga
kelganimda vannada yotardim.
Menga nimadir
bölgandi. Analiz topshirdim.
Keyin
javobi chiqdi... Yöq, albatta
ölishni
istamasdim... Qaniydi dunyo
biz istagandek bölganida...
Bahor kunlarining birida
köchda bu bahor men uchun
sönggisi ekanligi, hali sevishga
ham ulgurmaganligim haqida
öylab borardim. Keyin unga
urilib ketdim. Farishta bölsa
kerak u. Qiziq, men esa bölajak
murda edim. Juda azobli
bölarkan bu haqda öylash.
Keyin uni yana uchratdim.
Negadir uni sog'inaverardim,
körgim kelaverardi. Uni
körganimda ajal haqida
unutardim. Balki, xudoyim uni
atay sevib qolishim uchun
uchratgandir. Nega deysizmi?
Qaydam.. Bu men ishonadigan
chiroyli bir hayolot edi. U
judayam gözal... Uni kuzatib
yurdim, sevib qolgandim. Lekin
sevgi tirik insonlar uchun. Bizga
kim qöyibdi... U ham menga
bog'lanib qolishini istamasdim.
Lekin, baribir irodam yetmadi.
Men ölimim yaqinligi haqida
unutdim. Bir lahza bölsada, u
bilan hayotimni chiroyli
ötkazishni istadim. Ha, bir
lahzagina... Keyin mayli
ölaveraman...
Vaqt oz qoldi. Ölayotganimni u
hech qachon bilmasligi kerak,
hech qachon... U bilan yarim yil
yarim daqiqadek ötib ketdi. U
bilan ötgan har bir lahza uchun
Allohga ming shukr. Faqat, endi
töxtatish kerak. Axir u farishta,
men esa bölajak murda..
Daqiqalar ayovsiz tez ötyapti.
Fursatim tugab boryapti. U esa
meni sevib qoldi. Afsuski.. "Seni
ölgudek sevaman, farishtam"
Salom qizim... Seni kimligingni
bilmayman. Men uni onasiman.
Maktubingni ög'lim öqishga
ulgurmadi. Haqiqatni
bilishingni istadim. Sönggi
kunlarida kundaligiga
yozganlarining bir varag'ini
senga yubordim. Qolgan
varaqlariga faqat ikki jumla
qayta-qayta yozilgan: "Meni
unut!" Uni kechir qizim, iltimos,
undan nafratlanma. Ög'lim
ulgurmadi...""
Поделись с друзьями:

- Добавлен: TimKa
- Дата публикации: 06.01.2016 02:10
Axa okey raxmat
Juda tasrli
zòr gap yòq,yashang

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz