Saytni Yuklab bo'lmadi
Biz sezmadik
zulfi-yuksel
2016 » Aprel » 7
Biz sezmadik

Yonimizda shunday daryo oqib ketdi,
Biz sezmadik birodarlar, biz sezmadik.
Iymon nuri ne dillarni yoqib o'tdi,
Biz sezmadik birodarlar, biz sezmadik.
Yolg'on dunyo, yolg'on yashash har bir dam,
Tirikchilik yugur yugur ro'zg'or g'ami,
Bir insonda haqiqatning ekan jami,
Biz sezmadik birodarlar, biz sezmadik.
Namoz desa qulog'imiz kar bo'lardi,
Miya to'la mol tashvishi, zar bo'lardi,
Takrorlardi ko'zni oching deyj ul zot,
Biz sezmadik birodarlar, biz sezmadik.
Yo'limizni gunohlardan hech to'smadik,
Biz him hoyu havaslardan baxt izladik,
Ko'p nasihat qilardilar bizga ustoz,
Biz sezmadik birodarlar, biz sezmadik.
Biz sezmadik qora bilan oqning qadrin,
Biz sezmadik sof vijdonning asl narxin,
Halol harom barin bizga qilsa sharhin,
Biz sezmadik birodarlar, biz sezmadik.
Yig'lab yig'lab yo'qlagayman endi qabrin,
Biz afsuski endi bildik ustoz qadrin,
Har yurakda quribdilar iymon qasrin,
Biz sezmadik birodarlar, biz sezmadik.
Bu musibat og'ir keldi barchamizga,
Davo yo'qdir endi ko'ngil yaramizga,
Shunday inson yashar endi oramizda,
Biz sezmadik birodarlar, biz sezmadik.
U dunyo bizdan rozi bo'ling ustoz,
Biz g'aflatda mudrabmiza nega biroz,
Bir hokisor zot edilar olim hassos,
Biz sezmadik birodarlar biz sezmadik.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: zulfi-yuksel
- Дата публикации: 07.04.2016 20:27

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz