Saytni Yuklab bo'lmadi
bugungi kun sevgisi
SABINKA
2015 » Oktyabr » 24
bugungi kun sevgisi

Avval tanishdi ular, Suhbat qurib tungacha. SMSlar tinmaydi, Halovat yo'q tonggacha. Yigit qizga, qiz unga, Jo'natadi bir sur'at. Uch kun o'tmay o'rtada, Boshlanadi muhabbat. Kitoblarni titkilab, Yigit izhorlar yozar. Qiz ham bo'sh kelmayman deb, Sevgi nomasin tuzar. Yigit qurg'ur aytadi: "Keling uchrashaylik bir" Qizga yoqdi bu taklif, Avval noz, keyin xop der. Uchrashuvning manzili, Markazdagi xiyobon. Bu xiyobon shu toifa, Oshiqlar uchun makon. Suhbatlashuv- la birga, Muzamqaymoq ham yeyishdi. Suratga tushgandan so'ng, Halinchakda uchishdi. Xayrlashuv oldidan, Yigit:"quloqqa iling. Uyga borgach siz darhol, Menga qo'ng'iroq qiling". Shu asnoda oradan, O'tib ketdi hafta, kun. Qiz ishqida yigitcha, Bo'ldi misoli Majnun. Ne bo'ldi-yu ularning, Oralari buzildi. Ular bilgan ishq ipi, Chok-chokidan uzildi. Qizdan keldi SMS, "Xayr endi ALVIDO". Yigit javob qaytardi, "Menmas sen bo'lding judo". Yigitga qilar alam, Tinmay chekib, ichadi. Ikki kun o'ylab uni, Uchinchi kun kechadi. Yirtishadi maydalab, Birga tushgan sur'atin. Ko'rgani yo'q ko'zlari, Bir-birining savlatin. Tuyishdi"sevgi" hissin, To'rt hafta-yu, olti kun. Unutish uchun esa, Yetar bo'ldiikki kun. Yigit tanishdi yana, Endi boshqa qiz bilan. Qiz ham o'rar o'zgani, Yana o'sha so'z bilan. Uchrashuv belgilandi, Ulgurmay tanishishga. Yigit rosa shoshardi, Qiz bilan ko'rishishga. Uchrashuvning manzili, Markazdagi xiyobon. Bu xiyobon shu toifa, Sevishganlar-chun makon. Bugun bu, erta yana, Yonlarida yangisi. Azizlarim yozganim, BUGUNGI KUN SEVGISI !!!
Поделись с друзьями:

- Добавлен: SABINKA
- Дата публикации: 24.10.2015 19:26

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz