Saytni Yuklab bo'lmadi
Chumolilar
Woldemor
2015 » Dekabr » 21
Chumolilar

Chumolilar ustida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bu kichik mavjudotlar juda uyushgan ijtimoiy hayot kechirishini va uyushma ehtiyojidan kelib chiqib, ular juda murakkab aloqa tarmog‘iga ham ega ekanligini aniqladi.
Masalan, National Geographic nashri shunday ma’lumot beradi: katta yoki kichik chumolining bosh qismida million yoki undan ortiq ishchilardan (ularning barchasi urg‘ochilar) iborat to‘dalarga muhim bo‘lgan kimyoviy va vizual signallarni tutadigan ko‘p qirrali sezgi a’zolari mavjud.
Uning miyasi yarim million nerv hujayralaridan tarkib topgan, ko‘zlari aralashma, antennalari burun va barmoq uchlari sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Og‘iz pastidagi bo‘rtmalar ta’mni sezadi, tuklari tekkan narsaga reaksiya ko‘rsatadi.
Biz bexabar bo‘lsak-da, chumolilar o‘zlarining juda sezgir a’zolari tufayli aloqa o‘rnatish uchun turli uslublarni qo‘llaydilar. Ular bu a’zolarni o‘lja topishdan tortib, bir-birining ketidan borishgacha va o‘z uyalarini qurishdan tortib, jang olib borishgacha har doim ishlatadilar.
Ularning 2 — 3 mm hajmdagi tanalarida 500000 nerv hujayralari siqib joylashtirilganligiga qaramay, insonlarni lol qoldiradigan aloqa tizimlariga egadirlar. Ular aloqalaridagi reaksiyalar trevoga, biror ishga jalb qilish, ma’lum bir faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish, og‘iz va anal suyuqliklarini almashish, guruh bo‘lib ta’sir o‘tkazish, tanish, tabaqani aniqlash kabi bir necha o‘ziga xos turkumlarga bo‘linadi. Bu reaksiyalar vositasida tartibli, uyushgan jamoani tashkil etadigan chumolilar o‘zaro ma’lumot almashishga asoslangan hayot kechiradilar.
Bunday ma’lumot almashishni amalga oshirish uchun ular ba’zida birga harakat qilish, baham ko‘rish, tozalash va mudofaa kabi sohalarda insonlar nutq orqali ifoda eta olmaydigan mukammal bir aloqa o‘rnatadilar.
Chumolilar, asosan, kimyoviy yo‘llar bilan aloqa qilishadi. Feromonlar, (jinsiy attraktant) deb ataladigan bu yarimkimyoviy moddalar hid orqali idrok etiladigan kimyoviy birikmalar bo‘lib, ichki sekretsiya bezlaridan ajralib chiqadi.
Bundan tashqari, ular chumolilar jamoalarini tashkil etishda eng muhim rol o‘ynaydi. Biror chumoli feromon chiqarsa, boshqa chumolilar hid, ta’m vositasida uni qabul qiladi hamda tegishli tarzda javob qaytaradi.
Chumoli feromonlari ustida olib borilgan tadqiqotlar shu narsani aniqladiki, barcha signallar to‘daning ehtiyojlariga qarab chiqarilar ekan. Shuningdek, chiqarilgan feromonning shiddati ham yuzaga kelgan vaziyatning qanchalik shoshilinch ekanligiga ko‘ra o‘zgarib turar ekan.
Guvohi bo‘lganimizdek, chumolilarda o‘zlari mashg‘ul bo‘ladigan yumushlarni bajarish uchun chuqur kimyoviy bilim talab etiladi. Biz bilgan oddiygina chumolilarning balkim bundanda ajoyib fel atvorlari bordir. Albatta buni xozirgi texnika texnologiyalar rivojlanayotgan sharoitda kelgusida aniklasak ajab emas
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Woldemor
- Дата публикации: 21.12.2015 10:56

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz