Saytni Yuklab bo'lmadi
Endi meni Sevmaysizmi ?
somsalar
2017 » Avgust » 7
Endi meni Sevmaysizmi ?



Sevgiga chorlab dilni,
Zaf etib siz ko'ngilni,
Uzingizga o'rgatib meni,
Endi meni sevmaysizmi?

Muhabbatim bora-bora,
Qilar meni pora-pora,
Armonga topsamu chora,
Endi meni sevmaysizmi?

Ishqimda yona-yona,
Sevaman deb pinxona,
Qilib meni devona,
Endi meni sevmaysizmi?

Ishonardim men sizga,
Har bir shirin so'zizga,
Mendan ketingiz nega?
Endi meni sevmaysizmi?

Qalb amriga bo'ysinib,
Ishqingizda men yonib,
Yurardim chin ishonib,
Endi meni sevmaysizmi?

Dardimga yo'qmi davo,
Shu kuni, ko'ribsiz ravo,
Qilmaysiz menga parvo,
Endi meni sevmaysizmi?

Hayollarga cho'mib,
Vadalarga ko'mib-ko'mib,
Bugun esa so'zdan tonib,
Endi meni sevmaysizmi?

Diydorimga to'yib-to'yib,
Oromimni olib qo'yib,
O'zga yorga ko'ngil qo'yib,
Endi meni sevmaysizmi?

So'zlariz bo'lsada yolg'on,
Yana berardim imkon,
Sizni sevaman xamon,
Endi meni sevmaysizmi?

Buncha sinaysiz sabrim,
Axir edingiz-ku yarmim,
Bila olmasdan qadrim,
Endi meni sevmaysizmi?

Qalbim yig'laydi unsiz,
Muhabbatim edi cheksiz,
Nahot baxt topib mensiz,
Endi meni sevmaysizmi?

Sevgidan topganim azob,
Ishqingiz qiladi harob,
Alamdan ichganim sharob,
Endi meni sevmaysizmi?

Qalbimga bo'lib malham,
Azoblarga berib barham,
Yolg'ondan bo'lsa ham,
Еndi meni sevmaysizmi?

Muhabbatim bo'ldi uvol,
Qiynayverar bir savol,
Aytayin kelmasa malol,
Endi meni sevmaysizmi?

So'zlaringiz dona-dona,
Derdingiz-ku siz yagona,
Bir umurga bo'lib begona,
Endi meni sevmaysizmi?

Baxt deb, sarobni quchib,
Yashayman sizni kutib,
Nahot ketgansiz unutib,
Endi meni sevmaysizmi?

Ishqingizda qilib ado,
Bir umurga bo'lib shaydo,
Aylay sizga jonim fido,
Endi meni sevmaysizmi?

Chin qalbimdan sevsamu,
Bor mehrimni bersamu,
Ko'ngilga yo'l topsamu,
Endi meni sevmaysizmi?

Keng dunyo, tor bo'ldi,
Yurak sizga zor bo'ldi,
Muhabbatim xor bo'ldi,
Endi meni sevmaysizmi?

Qalbim kutib tolmadi,
Sevgim sira so'nmadi,
Quvonch xabar olmadi,
Endi meni sevmaysizmi?

Olloh kelsa jonim qistab,
Qolasiz hali meni izlab,
Boqaman samodan tiklab,
Endi meni sevmaysizmi?

Mendayin yor qayda bor,
Bo'larmikan vafodor,
So'ngi aytar so'zim bor,
Endi meni sevmaysizmi?

Gulim sizga yozdim sher,
Armonlarga barham ber,
Muhammad shunday der,
Endi meni sevmaysizm?
Поделись с друзьями:

- Добавлен: somsalar
- Дата публикации: 07.08.2017 06:20
Omad ijodizga
Buladi, ajoyib

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz