Saytni Yuklab bo'lmadi
Eng Keksa juftlik
Woldemor
2015 » Noyabr » 19
Eng Keksa juftlik

Britaniyalik er-xotin Jorj Kirbi va Dorin Laki dunyodagi eng keksa juftlik nomini qo'lga kiritdi, deya xabar bermoqda Metro.
103 yoshli er va 91 yoshli ayolning bu natijasi Ginnessning rekordlar kitobidan joy oldi.
Ularning turmush qurishgan paytdagi umumiy yoshi 194 yil 280 kunni tashkil qildi.
«Agar siz o'z juftingizni qidirish uchun vaqt o'tgan deb hisoblasangiz, bu ikki juftlik sizga muhabbatni topish hech qachon kech bo'lmasligini isbotlab turadi»,– deya yozadi nashr.
Gazetada berilgan xabarga ko'ra, Kirbi va Laki 1988 yildan buyon birga yashab kelishayotgandi va farzandlarining bosimi natijasida turmush qurishga qaror qilishgan. Nikoh marosimi 2015 yilning iyun oyida Istborndagi Langham mehmonxonasida bo'lib o'tgan. To'y kuyovning tug'ilgan kuni bilan bir kunda bo'lib o'tgan.
«Men hayotimizning qolgan qismi birga o'tishini aniq ayta olishim mumkin», – deydi Kirbi.
Yangi kelin-kuyovlar bu ko'rsatkichni ro'yxatga olishni besh oy davomida kutishlariga to'g'ri keldi. Oldingi rekordchilarning umumiy yoshi 191 yil 126 kunni tashkil qilgandi
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Woldemor
- Дата публикации: 19.11.2015 09:50

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz