Saytni Yuklab bo'lmadi
Fleshkadagi fayl va papkalarning "o`z-o`zidan g`oyib bo`lib qolishi"
Beruniy59
2015 » Oktyabr » 26
Fleshkadagi fayl va papkalarning "o`z-o`zidan g`oyib bo`lib qolishi"

Sizlar bilan hozirgi kunda ko`p
uchrayotgan muammolardan
biri:
Fleshkadagi fayl va papkalarning
"o`z-o`zidan g`oyib bo`lib
qolishi"
haqida o`zim bilganlarimni
baham ko`rmoqchiman. ...Bir
kuni
Siz fleshkangizni (farqi yo`q,
kompyuter fleshkasi yoki tel.
fleshkasi) notanish
kompyuterga
tiqdingiz va fleshkada kechagina
bo`lgan fayl yoki papkalar yo`q
bo`lib qoldi, ularning o`rniga esa
o`sha nomdagi .exe fayllar
paydo
bo`lib qolgan. Masalan,
fleshkangizda RASMLAR degan
papka bo`lgan edi, komp.ga
tiqqandan keyin RASMLAR.exe
bo`lib qoldi. Papka ikonkasi ham
g`alati (xira tortgan). Endi nima
qilaman? ... Hech ham xavotirga
o`rin yo`q, endi men sizga ertak
aytib beraman, garchi hozir
ertak
eshitadigan ahvolda
bo`lmasangiz
ham =) Bir bor ekan, bir yo`q
ekan... Ok! Bo`ldi, gapni qisqa
qilamiz! Gap shundaki, Siz
fleshkangizni tiqqan komp. da
antivirus yo`q yoki bo`lsa ham
bazasi juda eskirgan va xalq tili
bilan aytganda "virus bosgan".
Siz
fleshkani zararlangan komp.ga
tiqqaningizda virus
fleshkangizga
"yuqqan" va papkalaringizni
nomini "o`g`irlab", o`zining .exe
chalarini yaratgan, sizning
papkalaringizni esa "скрытый"
qilib qo`ygan. "скрытый"
qilganda ham oddiy emas,
"системный" papkaga
aylantirgan. Odatda, komp.dagi
oddiy "скрытый" fayl va
papkalarni ko`rish uchun
quyidagi ketma-ketlik bajariladi:
"Сервис" -> "Свойства папки"->
"Вид" ga kirib "Показывать
скрытые файлы и папки"
degan
joy tanlanib, "Применить" va
"OK"
bosiladi. Lekin, shunaqa qilgan
taqdirda ham "системный" fayl
va
papkalar ko`rinmaydi. Ularni
ko`rish uchun quyidagi ketma-
ketlikni bajaramiz: "Сервис" ->
"Свойства папки"-> "Вид" ga
kirib "Скрывать защищенные
системные файлы
(рекомендуется)" degan
joydagi
"ptichkani" olib tashlaymiz
hamda
"Применить" va "OK" bosamiz.
Xo`sh? Papkalaringiz joyida
turgan ekanmi? =) Yaxshi, endi
ushbu papkalrni "Свойства"
siga
kirsak "Атрибуты" degan joyida
"Скрытый" da ptichka turibdi,
lekin uni olib bo`lmaydi.
Shunaqami? Men ilgari bunaqa
paytda o`zimcha aqllilik qilib
"системный" bo`lib qolgan
papkalarimning ichidagi fayllarni
olib, boshqa papkaga tashlab,
"системный" bo`lib qolgan
papkani o`chirib tashlardim. Bu
ham bir tomondan to`g`ri. Lekin,
fleshkada 100 dan ziyod papka
bo`lsachi? Shuncha papka
yaratib,
yana ichidagi fayllarni o`tkazish
uchun anchagina vaqt ketadi!
Lekin, qarangki, "системный"
papklar hali "tamom" degani
emas ekan =) Ularni oddiy
papka
holiga qaytarish uchun
oddiygina
"Total Commander" kerak
bo`larkan xolos! Demak,
"системный" bo`lib qolgan
papkani oddiy papkaga
aylantirish uchun "Total
Commander" ga kirib,
fleshkamizni ichiga kiramiz,
"системный" bo`lib qolgan
papkalar yonida "qizil undov
belgisi" bo`ladi. Agar "Total
Commander" "системный"
papkalarni ko`rmayatgan bo`lsa,
unda quyidagi ketma-ketlikni
bajaramiz: "Конфигурация" ->
"Настройка" ->"Содержимое
панелей" ga kirib "Показывать
скрытые/системные файлы
(только для опытных!)"degan
joyiga ptichka qo`yamiz.
"только
для опытных!" deb qo`yibdimi?
Demak, biz uchun ekan
"Применить" va "OK" ni
bosamiz.
Xo`sh? Ko`rindimi? Ajoyib! Endi
o`sha "системный" bo`lib
qolgan
papkalarni tanlab chiqamiz.
Buning uchun kerakli papka
ustiga kelib "Shift" tugmasini
bosib turamiz va uni qo`yib
yubormasdan klaviaturada
joylashgan 4 ta strelkadan
"pastga yo`nalgan strelkani"
bosamiz. Bunda belgilangan fayl
rangi qizil bo`lib qoladi. Masalan:
Bizda "papka1", "papka2",
"papka3", "papka4" va "papka5"
papkalari bor, biz esa faqat
"papka2" va "papka4" ni
belgilamoqchimiz. Nima qilamiz?
"papka2" ni ustiga kelamiz,
"Shift"
ni bosamiz, va pastga strelkani
bosamiz, "papka3" kerak
bo`lmagani uchun "Shift" ni
qo`yib yuboramiz, yana pastki
strelkani bosamiz, "papka4"
ning
ustiga kelib qoldik, yana "Shift"
ni
bosamiz va yana pastki strelkani
bosamiz. Ana, papkalarni
belgilab
oldik. Endi quyidagi ketma-
ketlikni
bajaramiz: Biz hali Total
Commanderni ichidamiz,
esingizdan chiqmasin =)
"Файлы"
-> "Изменить атрибуты" ga
kiramiz va "Архивный", "Только
для чтения", "Скрытый",
"Системный" degan joylardagi
ptichkalarni olib tashlaymiz. Va
har doimgidek "Применить" va
"OK" ni bosamiz. Tabriklayman!
Siz papkalaringizni o`z holiga
keltirdingiz! Endi virusga
keladigan bo`lsak, o`sha
komp.ga
antivirus qo`yish kerak va iloji
boricha bazasini tez-tez (hech
bo`lmasa haftasiga bir marta)
yangilab turish kerak!
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Beruniy59
- Дата публикации: 26.10.2015 14:17
Agar foyda bermasachi

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz