Saytni Yuklab bo'lmadi
Foxishaning farzandi (1 QISM)
Ilya
2016 » Yanvar » 5
Foxishaning farzandi (1 QISM)

FOXISHANING FARZANDI (1qism)
Dunyoni barchamiz bevafo deymiz..aslidachi..?Dunyoga bevafolik qilayotgan siz bilan biz emasmi..?Ba’zan inson bolasi qanchadan qancha gunohlar qiladiyu..lekin qilgan gunohlaridan hulosa chiqaradigan vaqti,umr tulpori manzilga etib bo’lgan bo’ladi..O’shada so’nggi nadomatlarini biror kim eshitarmikan..? Meni dunyoga kelgan vaqtim..otam xam onam xam suyunishmagan..Xatto qulog’imga azon xam aytishmagan ekan..Odatda menga o’xshagan bolalarni "xaromi” deb atashadi..Bilolmayman xanuz bu so’zni ma’no,negizi aslida nima ekanligini..Yo’q ularni buning uchun ayblashga-da qodir emasman..CHunki ular meni dunyoga kelishimga sababchi bo’lishgan… Otam tadbirkor edi..Nihoyatda badavlat edi..Onam esa restoranda tirikchilak qilar edi.. Men ularning qay tariqa tanishganini xanuz bila olmayman..Chunki bu xaqida menga biror marta onam aytmagan..Onamda otamga nisbatan kuchli nafrat tuyg’usidan bo’lak xech vaqo yo’q edi.. Onam shaxarga kirib kelganida juda yosh bo’lgani..va buvim bilan bobom (ularni ko’rmaganman)onamni oq qilganidan bo’lak avlod ajdodimni kim ekanligini bilamayman.. Bolalik… Aytarli biror narsa yodimda yo’q..Oddiy kulbasifat 2 xonali uy (Bu uyni onam ishlab topib olganman deydi)..Eskirib qolgan ‘Янтар’ rusumli televizor,va xokazo 5-6 ta ko’rpa yostiqdan iborat..mol mulk…Onam doimo ishda bo’lganligi sababli,kunlarim oddiy edi..aytarli biror yangilik yo’q..Maktabga chiqqanimda xatto qo’limdan ushlab olib borishga ham vaqti yo’q edi onamni..Shu boisdan bo’lsa kerak o’quvchilarim ham menga o’zgacha yovuz nigoh bilan qarashar..sinfda oxirgi partada yakka o’zim o’tirishga maxkum edim.. O’qishim ham u darajada yahshi emasdi..Sinfdoshlarim xam odatda men bilan boshqacha oxangda gaplashishardi..Go’yo ular bilan o’qiyotganimga men aybdordek..! Xatto bir kuni.. -Qobul,menam sizlar bilan futbol o’ynayqolay..bir o’zim zerikib ketdim..dedim -Sodiq..bilasan- ku..Sinfdosh o’rtoqlar seni yoqtirishmaydi..Maktabdan keyin xovlida birga o’ynaymiz..xozir qo’sha olmayman seni o’yinga dedi.. Bilmadim o’sha vaqti juda o’ynagim,kelganmidi yoki menda qandaydir nomus tuyg’ulari shakkana boshlaganmidi..yugurib stadionchaning markaz tarafiga bordim..Va to’pni olib o’yinga qo’shilib ketdim… -Voooy,bolla qaralaring..! Mana bu xaromidan bo’lgan itvachcha o’yinga qo’shildimi..deb qoldi sinfdoshlardan biri.. Ular meni o’rab olishdi..2tasi qo’limni orqaga qilib ushlab olgandan qimirlay olmasdim.. -Nima o’lging kelayapdimi? Sinfdoshlar ichida gavdalirog’I bor edi..Ilyos mushtini do’laytirib ustimga bostirib kedida,biqinimga mushtladi..Og’riqdan nafasim bug’ulib qoldi.. -Agar yana bir marta seni shu yerda ko’radigan bo’lsam,……. Qilaman..u nihoyatda uyatli so’zlar bilan xaqorat qila ketdi.. O’sha damda bilmadim..Nomus kuchlilik qildim..Qayerdan kuch keldi..Ikki yonimda turgan bolani siltab tashladim..Va bo’shagan qo’lib bilan Ilyosni jag’iga musht tushurdim..Mendagi quvvat ortib ketgandi..Ikkita bola ikki tomondan biqinimga tashayotgan tepkilari ham ta’sir qilmasdi,shu payt o’qituvchimizni ovozi keldi… -Tur..o’riningdan Fohishaning bolasi.. Qo’lim beixtiyor bo’shashib,holsizlanib qoldim..Afsuski bunday so’zni ma’nosini 5 sinfda o’qiyotgan yigitchaning murg’ak qalbi yahshi anglar edi..Ko’zlarimdagi ga’zab o’ti so’nib.. Isnod degan tuyg’u butun vujudimni yodirar edi..o’sha dam hanuz ko’z oldimda gavdalansa gazabimni bosolmay qolaman… O’qituvchim meni torib olib..Ura ketdi..Vaholanki men o’zimni himoya qilgan edim..Yuzimga tushayotgan zarbalar..Menga huddi xayotning naqadar beshavqat ekanligini uqturardi go’yo… Davomi bor...
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Ilya
- Дата публикации: 05.01.2016 19:46
Wunaqalani db bechora farzandla tugilmi turib nobud bovoti yoki tawab ketvoti

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz