Saytni Yuklab bo'lmadi
Hamma ozi bilan ozi ovora
zulfi-yuksel
2016 » Mart » 13
Hamma ozi bilan ozi ovora

Hech kimsa dardiga topmaydi chora,
Qorani oq derlar, oqnichi qora,
Ro'zg'or bu g'or ekan, teshik tog'ora,
Odam bilan odam ishi yo'q qarang,
Hamma o'zi bilan o'zi ovora.
Qarang, fasllarda bir rang qolmadi,
Qarang, muhabbatda ohang qolmadi,
Inson ko'nglida yo'q nayrang qolmadi,
Bosh qashib mulla va qozi ovora,
Hamma o'zi bilan o'zi ovora.
Baxtini yo'qotgan armondan nolir,
Nishon topmagan yoy kamondan nolir,
Noshukur tunu kun zamondan nolir,
Karvonda ot va it izi ovora,
Hamma o'zi bilan o'zi ovora.
Hech kimsa qo'l cho'zmas sening g'aming yeb,
Tirikmisan yoki o'likmisan deb,
Bir guli ochilsa o'ntasi so'lib,
Qarang, shoir bilan so'zi ovora,
Hamma o'zi bilan o'zi ovora.
Boy ota kambag'al to'yiga boqmas,
Yomon ot orqada toyiga biqmas,
Nodon cho'pon qishda qo'yiga boqmas,
Suruvda cho'pon va qo'zi ovora,
Hamma o'zi bilan o'zi ovora.
O'g'rilar kelishmas to'g'rilar bilan,
To'g'rilar qiziqmas o'g'rilar bilan,
Otaning ishi yo'q o'g'illar bilan,
Qarang, ona bilan qizi ovora,
Hamma o'zi bilan o'zi ovora.
Hech kimsa dardiga topmaydi chora,
Qorani oq derlar, oqnichi qora,
Ro'zg'or bu g'or ekan, teshik tog'ora,
Odam bilan odam ishi yo'q qarang,
Hamma o'zi bilan o'zi ovora.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: zulfi-yuksel
- Дата публикации: 13.03.2016 21:08

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz