Saytni Yuklab bo'lmadi
Hayot buyuk sayohatdir!!!
Muhammadjon
2016 » Fevral » 23
Hayot buyuk sayohatdir!!!

Bir qishloqda bir chol yashagan ekan. U juda kambag'al bo'lsa-da, bisotidagi yakkayu-yagona chopqir otiga hatto podshohlar ham havas qilishar ekan. Oti uchun juda ko'p pul taklif qilishsa ham u sotmas ekan. Chol: "Bu menga nafaqat ot, balki do'stim. Do'stni qanday sotaman?", - der ekan.Ammo bir kuni erta bilan ot bog'langan joyidan g'oyib bo'ldi. Butun mahalla yig'ilib cholni tergay boshlashdi:"Eh, ahmoq chol, - deyishardi unga. – Otni bir kuni o'g'irlab ketishlarini bilardik. Sotganingda yaxshi emasmidi? Qanday omadsizlik!"Chol dedi: "Men otimni o'g'irlashdimi o'zi ketdimi, bilmayman.Buvoqea ham omad yoki omadsizlik ekani hammamizga qorong'u. Oqibati Allohga ayon".Xaloyiq uning ustidan kulib tarqaldi. Qio'loq ahli cholni avvaldan sal soddaroq degan fikrda edilar. Biroq o'n besh kun o'tib kutilmaganda ot qaytib keldi. Qaytib kelganda ham o'zi bilan birga to'rtta toyni ergashtirib keldi.Odamdlar yana to'planib: "Ey, chol sen haq ekansan, bu omadsizlik emas, baxt ekan", deyishdi.Chol yana: "otim yo'qolgandi, yana paydo bo'ldi. Bu baxt yoki baxtsizlikligini hech qaysimiz bilmaymiz. Siz gapdagi birgina so'zni o'qib, butun kitobning mazmunini bila olmaysiz-ku!", dedi.Lekin odamlar yana “Chol nohaq, axir uning otlari ko'paydi- ku”, deb o'yladilar. Cholning yolg'iz o'g'li toylarni minishga o'rgata turib, otdan yiqildi va oyog'i sindi.Xalq: "Ana omadsizlik! Sening yolg'iz o'g'ling oyog'i sinib, betob bo'ldi. Undan ko'ra otni sotganingda hech bo'lmaganda, pullik bo'lib qolarding", deyishdi.B safar ham chol ularga qarab: "Sizlar hukm chiqarishga shoshilmanglar. Men o'g'limning oyog'i singanini bilaman, ammo buning ham omad yoki omadsizligini Allohdan boshqasi bilmaydi", dedi.Oradan bir necha kun o'tib, mamlakatda urush boshlandi-yu hamma yoshlarni harbiyga olib keta boshladilar. Faqat cholning o'g'li oyog'i sababli urushga bormadi. Xaloyiq urushda mag'lub bo'lganlari va ko'pchilik urushga ketganlar halok bo'lganlarini ko'rib, chol huzuriga keldilar va yig'lab: "Sen haq ekansan, o'g'lingning cho'loqligi baxt ekan. Mana u sen bilan birga, bizlarning bolalarimiz endi hecham qaytmaydilar", deyishdi.Chol yana o'sha gaplarini takrorladi: "Sizlarga shuncha gaplarim bekor bo'lgan ko'rinadi. Hech kim bir voqeaning ortidan qanaqasi kelishini bilmaydi. Shoshilib hukm chiqarish ongning qotib qolishidan darak. Bir hodisaning ortidan boshqasi keladi, bir qism tugab boshqasi boshlanadi, bir eshik yopilib, boshqasi ochiladi. Siz bir cho'qqiga chiqsangiz, undan-da balandrog'i ko'rinadi. Hayot – buyuk sayohatdir!”
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Muhammadjon
- Дата публикации: 23.02.2016 15:26
Ajoyib

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz