Saytni Yuklab bo'lmadi
Hechkimga kunim qolmasin
zulfi-yuksel
2016 » Fevral » 11
Hechkimga kunim qolmasin

Chidaganman yo'qchilikka ham xatto, Mayli cho'ntagimda pulim qolmasin, Keraksiz mol dunyo istamam ammo, Allohim, hech kimga kunim qolmasin!!! Ishi bitgach eshik yopganlar qancha, Sal egilsam turtib o'tganlar qancha, Ortimdan toshlarin otganlar qancha, Allohim, hech kimga kunim qolmasin!!! Gohi iltimosdan yuzim sarg'aydi, Yalinishlar poraga ham aylandi, Ichimda o'z ko'nglim meni qarg'aydi, Allohim xech kimga kunim qolmasin!!! Kimlardir non berib joning ko'zlaydi, Xar bir so'zlarida yolg'on so'zlaydi, Tirnoqdan kir titib xato izlaydi, Allohim, hech kimga kunim qolmasin!!! Yaxshilik qilganda javob kutmadim, Sadaqa ulashib savob kutmadim, Pinhona sevdim-u, ishqni kutmadim. Allohim, hech kimga kunim qolmasin!!! Bugun dilim to'lib turganda so'zga, Sendan bir marhamat tilaydi qarzga, Bilasan panoh yo'q bir sendan o'zga, Allohim, hech kimga kunim qolmasin
Поделись с друзьями:

- Добавлен: zulfi-yuksel
- Дата публикации: 11.02.2016 19:43

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz