Saytni Yuklab bo'lmadi
Issiq yoz tunida muzdek uxlashingizga yordam beruvchi 7 qurilma
Sabit
2015 » Oktyabr » 2
Issiq yoz tunida muzdek uxlashingizga yordam beruvchi 7 qurilma

Yozda salqin xonada uxlash uchun konditsionerdan foydalanish mumkin, ammo quyidagi 7 gadjetni e’tibordan chetda qoldirish yaxshi emas. Chunki ular orasida sizni hayratga soladiganlari ham bor.
1. Gel’O sovuq yostiq matosi
Bu yostiq matosi yostig‘ingizni shunday sovutadiki, uxlaganda hech ham terlamaysiz. Shuningdek ushbu gadjet Amazon internet-do‘konida eng ko‘p sotiladigan mahsulot hisoblanadi. Narxi: 37,50$
2. Simmons Beautyrest matrasi
Bu matras Beautyrest tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, yotoq joyida harorat oshib ketishidan saqlaydi. Narxi: 299,99 – 699,99$
3. Dyson Air Multiplier ventilyatori
Bu kelajak ventilyatori bo‘lib, uni stol ustiga o‘rnatish va umuman shovqinsiz salqin havodan bahramand bo‘lish mumkin. Narxi: 234,97$
4. IDEA Mini-Elefan ventilyatori
Eng kichik va arzon narxdagi ventilyator loyihasi. Uning havo purkagichini istalgan tomonga yo‘naltirib qo‘yish mumkin. Narxi: 59,99$
5. Chilipad yopinchig‘i
Bu yopinchiq yordamida yotoq temperaturasini o‘zgartirish mumkin. Undan ham isitish, ham sovutish maqsadida foydalansa bo‘ladi. Narxi: 499$
6. Yotoqxona havo purkagichi
Ushbu qurilma yotoq osti bo‘ylab salqin havo yo‘naltirish uchun mo‘ljallangan. U tovushsiz ishlashi va uning havo tezligini o‘zgartirish mumkinligi ahamiyatga molik. Narxi: 79,95$
7. Perma-Frost Hydra – ichimlik suvini muzdek saqlab turuvchi qurilma
Yarim tunda uyg‘onish va issiq havoda muzdek ichimlik ichishni istovchilar uchun mo‘ljallangan ushbu idish ikki qavat qoplama bilan himoyalangan. Qoplamalar o‘rtasida esa ichimlikni muzdek saqlovchi maxsus gel o‘rnatilgan. Shu bois ushbu idishdagi ichimlik soatlab muzdek saqlanishi mumkin. Narxi: 17,99$
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Sabit
- Дата публикации: 02.10.2015 08:50

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz