Saytni Yuklab bo'lmadi
Jannat va dozax
Bale91
2015 » Oktyabr » 5
Jannat va dozax

Bir inson Tangrining jamolini ko'rishga muyassar bo'libdi. U Yaratganga debdi:
– Men jannat va do'zaxni ko'rishni istayman.
Xudo uni ikki eshik oldiga olib kelibdi. Birinchi eshik ortida ulkan dumaloq stol bo'lib, uning o'rtasida hidi ishtahani qitiqlaydigan ovqat to'la katta idish qo'yilgan ekan.
Stol atrofida o'tirgan odamlarning ko'rinishi abgor bo'lib, ular ochlikdan sillalari qurib qolgan ekan. Ularning barchasining qo'liga uzun qoshiqlar bog'langan ekan. Stol atrofidagilar idishdagi ovqatni qoshiqqa olishlari mumkin ekan, lekin qoshiq uzunligi bois uni og'izlariga to'g'rilay olishmas ekan. Boyagi kishi ularning bu holatidan qattiq ta'sirlanibdi.
– Bu do'zax, – debdi Xudo.
Haligi kishi ikkinchi eshikdan ichkariga kiribdi. Bu erda ham xuddi shunday stol va shirin taom to'la idish bor ekan. Bu erdagi odamlar ham qo'llariga qoshiq bog'langan holda stol atrofida o'tirishgan ekan. Biroq ularning hammasi qorinlari to'q, xursand holda ekanlar.
– Tushunolmayapman, – debdi boyagi kishi.
– Bu juda oddiy, – debdi Tangri. – Bu odamlar bir-birlariga yaxshilik qilishadi, ya'ni o'z qoshiqlari bilan bir-birlarini to'ydirishadi. Shuning uchun ularning hammalari to'q va baxtli. Do'zaxdagi odamlar esa faqat o'zlari eyishni o'ylashadi. Shu baxilliklari uchun ham ularning bari och va abgor.
Xulosa: hamma o'z fe'liga yarashasini oladi
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Bale91
- Дата публикации: 05.10.2015 21:06
klasss
zòr
Yahwi
Yahwi

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz