Saytni Yuklab bo'lmadi
"Kelin" hind seriali haqida ma'lumot
Armina
2016 » Aprel » 17
"Kelin" hind seriali haqida ma'lumot



Ko'pchilik saytimiz muxlis va muxlisalari talabiga binoan Yoshlar telekanali orqali berilib borilayotgan "KELIN" hind seriali haqida ma'lumot bermoqchimiz. 

Serialning ilk talqini 2006-yilda hind telekanali Zee TV da namoyish etilgan. Jami 700 qismdan iborat ushbu serialning shiddatli va eng qiziqarli qismlari hali oldinda. 
Vidya oddiy oila qizi bo'lib hattoki maktabda ta'lim ham olmagan oddigina sodda qiz. Sagar esa boy biznesmenning o'g'li. 

Ushbu serial 1994-yilda sur'atga olingan Zulm filmiga o'xshab ham ketadi. Zulm filmida bosh rollarda Akshay Kumar, Karishma Kapur va Shohruhxon ishtirok etishgan. 

Yoshlar telekanalida ushbu serial 2-qismni bir qismda qo'yib bermoqda. Bu esa o'rtacha 350 qismni tashkil etadi. 
Original 1 qism talqini 22 minutdan iborat. 
Ushbu hind seriali 2 fasldan iborat. 
Shakuntalam Telefilms kinokompaniyasi tomonidan sur'atga olingan. 

Serialning hindcha nomi "Banoo Main Teri Dulhann" deb nomlanadi. Inglizchasiga esa "I will be your bride" bo'lib, o'zbek tiliga tarjima qilinganda "Men sizning keliningiz bo'laman" degan ma'noni bildiradi. Qisqacha nomi esa "Kelin". 
Original namoyishi 14-Avgust 2006-yil – 28-May 2009-yil. 

Bosh rollarda: 

Divyanka Tripathi - Vidya Pratap Singh rolida. Sagarning turmush o'rtog'i. Kaushalyaning qizi. Tripathi Divya rolini ijro etgan ya'ni Vidya. 
Sharad Malhotra - Sagar Pratap Singh rolini ijro etgan. Vidyaning eri. Rajendra Pratap Singh va Uma Pratap Singhning o'g'li. Malhotra Amar Singh roliga parodiya bo'lmish Sagar rolini ijro etgan. Divyaning turmush o'rtog'i. 
Rajendra Gupta - Rajendra Pratap Singh rolida. Sagar, Sindura, Mahua va Chandraning otasi. Umaning turmush o'rtog'i. 
Surinder Kaur - Uma Pratap Singh rolida. Sagarning onasi. Rajendra Pratap Singhning ikkinchi xotini. Uning o'gay bolalari Sindura, Mahua va Chaundra. 
Jaya Bhattacharya - Gayatri rolida 
Kamya Panjabi - Sindura rolida (Sindoora) 
Rajesh Balvani - Aniket rolida 
Shyam Sharma - Bharat rolida 

Serialda ishtirokchilar ko'p. Lekin hali telekanalda serialda paydo bo'lmagani uchun qolgan obrazlar haqida yozmadik. Vaqti kelsa ular haqida ham yozamiz. 

Serial bosh qaxramonlari Divyanka Tripathi (Vidya) va Sharad Malhotra (Sagar) haqida tez orada ma'lumot beramiz. Bizdan yiroqlashmang. 
 

Muxriddin Shermuxammedov tayyorladi.
ArminaBonu ko'chirdi. XD
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Armina
- Дата публикации: 17.04.2016 12:22
Man saytda yangi bulganim uchun. Arminabonu ko'chirdi degan joyiga kulgim keldi. Lekin kulmadiiim.

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz