Saytni Yuklab bo'lmadi
Kelin hind seriali voqealar rivoji 142-qism (Vidya Xarsh bilan uchrashib qoldi)
Armina
2016 » Avgust » 31
Kelin hind seriali voqealar rivoji 142-qism (Vidya Xarsh bilan uchrashib qoldi)

Vidya yig'lagancha zinadan tushib borardi. Zalda esa uni Sindura kutib turardi. Vidyaning yelkasiga qo'lini qoyadi va:
- Sindura qanday kuch ekanini bilasanmi? Taqdir ham uni yenga olmaydi. Ketdik... Men senga aytgandim. G'alaba doimo men tomonda. Qara, men yutdim. Sen mening uyimni tark etayapsan. Hayr!
shunday deb Sindura Vidyani itarib yuboradi, so'ng eshikni yopa boshlaydi. Vidya shart o'rnidan turib eshikni ushlab qoladi va Sinduraga g'azab ko'zlari bilan qaraydi:
- Men bir kuni albatta qaytaman, o'zim uyimga qaytaman. Sizning har bir qadamingizni kuzataman. Erim bu holatni xato deb bilsa ham. Qasam ichib aytamanki men sizni qayerda bo'lsa ham izlab topaman.
Sindura esa ohista Vidyaning ko'ksiga qo'lini qoyadi va Vidyani yana tashqariga turtib yuboradi. Sindura Vidyaga - bu uyga hechqachon kelishingga yo'l qo'ymayman. Alvido, butun umrga! - deb eshikni yopadi.
Sagar esa baxtli damlarini eslab xonasida yig'lardi. Vidya ham yo'lda yig'lagancha ketardi...
Rajeshga Maxua Vidyadan xavotir olyapsizmi deydi. Rajesh esa bu holatga chidolmasligini aytib xonadan chiqib ketadi.
Sagar xonada yig'lab o'tirgan payt uning oldiga Sindura kirib keladi. Ukasini bag'riga bosadi. Sagar ushbu xonani va undagi hamma narsani tug'ulajak bolasi uchun tayyorlagnini aytadi. Sindura uni o'rnidan turgazadi va xonasiga olib chiqib ketadi.
Sindura: - Ushbu xona opangniki, seni hechkim bezovta qilmaydi, hechnimani eslatmaydi.
So'ng hayolida o'ylaydi. "Bu xona men uchun juda yaxshi. Endi senga yordam beradigan Vidya ham yo'q. Yaxshi. Men himoyachisi yo'q odamlarni juda yaxshi ko'raman. Endi sen to'liq mening qo'limdasan.
Sindura kulganicha xonadan chiqib ketadi.
Vidya yo'l chetida zinapoyada o'tirardi. Rajiv uning oldiga yetib keladi.
- Yo xudoyim. Vidya siz bu yerda yolg'iz? Qayerga ketayapsiz?
- Menda hammasi joyida. To'g'risi.
- Yo'q Vidya men sizni yolg'iz qoldira olmayman
Rajiv Vidyaga pul bermoqchi bo'ladi, lekin Viyda pulni olmaydi. So'ng ular mashinaga chiqib poyezdga chipta olgani ketishadi. Rajiv Vidyani poyezdda kuzatib qo'yarkan, Vidya undan Sagarni Sinduradan himoya qilishini so'raydi.
Sindura esa xonada Sagarni yo'q qilish haqida o'ylaydi.
Tong otdi. Sagar ohista uygg'ona boshladi:
- Vidya iltimos derazalarni ochmagin.
Sagar birdan hayratga tushadi. Sindura deraza pardalarini ochayotgan edi. Sindura Sagarni tinchlantirish maqsadida uni ovutishga tushadi. Sagar o'rnidan turib xonadan chiqib ketadi.
Sagarning onasi bir nimalarni o'ylardi. Sindura uning yoniga keladi. Ular Vidya haqida gaplasharkan, Sindura oyisiga Vidyani yomonlashni boshlaydi.

Vidya poyezddan tushadi va yo'lida davom etadi. Yo'lning chetida esa bir nechta bezori erkaklar Vidyani ko'rib qolishadi va uning ortidan borishadi. Vidya ulardan qochayotib, birdan bir erkakka urilib ketadi. Vidya unga qaraydi va hayratga tushadi. Vidyaning qarshisida Xarsh turardi.
Biroz vaqtdan so'ng Xarsh Vidyaga yaqinlasha boshlaydi. Vidya esa Xarshga unga yaqinlashmasligini iltimos qiladi. Vidya orqaga tisarilib, orqasidagi bezori yigitlarga uriladi. Xarsh esa bezori erkaklarni ura boshlaydi.

U bezorilarni kaltaklab quvib yuboradi. Xarsh Vidyadan nega kechasi yolg'iz yurganini ho'jayini qayerdaligini so'raydi. Vidya esa yolg'iz ekanligini, onasini ko'rish uchun kelganligini aytadi. So'ng Xarshga yordam bergani uchun minnatdorchilik bildiradi.
Xarsh uni uyiga taklif qiladi.

Chinu: - Yo'q bunday bo'lishi mumkin emas. Bunga ishonmayman.
Shu payt Sagar keladi: Nima bo'layapti?
Pratap Singhlar xonadoniga kelgan bir erkak Vidya undan qimmatbaxo taqinchoq olganini, pulini bir haftada beraman deganini, lekin hali ham bermaganini aytadi.
Sagar bunday bo'lishiga ishonmaydi. Sotuvchi erkak esa million zarar ko'rishni xoxlamasligini aytib, Sagarga hujjatlarni ko'rsatadi. Sindura esa bu holatni chetdan kuzatib turardi.
Million rupiga oltin taqinchoq olganini sotuvchining sheriklari ham tasdiqlaydi. To'y uchun taqinchoqlar olganini aytishadi. Shu payt suxbatga Sindura qo'shiladi va pulni berilishini aytadi. Sagar Vidyaning million rupilik maxsulot olganidan hayratga tushadi.
Sotuvchilar to'lov qilishini talab qiladi. Sagar esa ularga uyida baland ovozda gapirmasliklarini aytadi. Chinuga Chek daftarchasini olib kelishini aytadi. Hamma bu holatdan hayron bo'lishadi.
Vidya va Xarsh Vidyaning uyiga borishadi.
Vidya; - Oyi, Oyijon!
Xarsh: - Vidya qara, eshik tashqaridan qulflangan!
Vidya: - U kechasi qayerga ketgan bo'lishi mumkin?
Shu payt bir ayol nega shovqin bo'layapti deb kelib qoladi. Vidya undan oyisi qayerga ketganini so'raydi. Ayol onasini bir joyga ketganini aytadi. Vidya oyisiga hatto telefon qilolmaganini ham aytadi. Xarsh bundan shubxaga tushadi. Sababi bu yerda bir gap borligini sezardi.
So'ng Xarsh uni o'z uyiga taklif qiladi. Vidya o'ylanib turgach Xarsh unga avvalgi Xarsh emasligini, butunlay o'zgarganini aytadi. So'ng ular birga ketishadi.
Sagar xonasidagi javondan hujjatlarini olar ekan. Vidyaning taqinchoqlariga ko'zi tushadi. Sindura undan nima bo'layotganini so'raydi. Bu ham Sinduraning navbatdagi hiylasi edi. Sagar esa Vidya uni o'zini emas, pullarini sevgan deb o'ylaydi.
Shu payt Sagarning telefoniga qo'ng'iroq keladi. Sagar esa telefonda gaplashib hayron bo'lib qoladi. Mana endi Sindura birma-bir o'yinlarini namoyish qila boshladi. Har bir ma'lumotlar hammasi Vidyaga qarshi bo'lib chiqardi.
Sindura yana Vidyani yomonlaydi. Sagar esa juda ham ayanchli xolatga tusha boshladi. Sindura esa birinchi rejasi amalga oshganini o'ylaydi. So'ng xonadan chiqib ketayotib, stul ustidagi Vidyaning telefoniga ko'zi tushib qoladi va Sagarga bildirmasdan olib chiqib ketadi.
Sindura Vidyaning telefonidan politsiyaga qo'ng'iroq qilinganini ko'radi va o'zi ham qo'ng'iroq qiladi. Politsiya xodimidan Vidya sifatida Aniketni chaqirib berishini so'raydi.
Aniket telefonni olib Vidyadan Sindura haqida so'raydi. Vidya javob bermaganidan o'ylanib Aniket undan nega jim ekanligini so'raydi. Sindura esa telefonni o'chirib qo'aydi.
Aniket: - Vidya qo'ng'iroq qildi. Gapirmadi, Telefonni o'chirib qo'ydi?!
Sindura Vidyaning telefonini qoldirib ketganidan juda hursand bo'ladi.
Chinu Sagardan nima bo'layotganini aytib berishi so'rab turgan payt Sindura keladi va qo'lidagi paketni unga tutqazadi. Vidyaning nomiga kelganini aytadi.
Sagar uni ochib ko'radi va qamoqxonadan kelganini ko'radi. Sindura esa Vidya ahli ham Aniket bilan aloqada ekanligini, nega hali ham jinoyatchi bilan aloqa qilayotganini aytadi va Sagarga seni o'ldirishmoqchi deydi
Sindura: - Yo'q. Bunday bo'lishi mumkin emas, lekin nega Vidya Aniket bilan hali ham muloqot qilmoqda.
Sagar hayratga tushadi. Sindura xatni oladi va o'qib beradi. Xatda go'yoki Aniket va Vidyaning qabih rejalari yozilgan edi. Sindura xatni o'qib bo'lgach asta teskari qarab kulib qo'yadi. Nariroqda ularni kuzatib turgan Rajesh yerdan bir varaqni oladi va Sinduraga qarab qo'yadi.
Xarsh Vidyaga uyga kirishini aytadi. Vidya sekin uyga kiradi. Xarsh buvisini uyg'otadi va Vidya onasi qaytgunicha birga yashab turishini aytadi.

Vidya Xarshga minnatdorchilik bildiradi.
Sagar chuqur o'yda xonasida o'tirardi. Birdan eshik tomonga qarab "Vidya, Vidya" deya boshlaydi. Shunda Chinu va Shalu kirib kelishadi.
Rajesh Sagarga Vidya bunday ishlar qilmasligini aytadi. Yer sotib olishi, Taqinchoq olishi bo'lmagan gap ekanini aytadi. So'ng Chinudan Vidyani qanday deb bilishini so'raydi. Chinu Sagarga Vidya bunday katta pul sarflashiga ishonmasligini aytadi.
Rajesh esa qo'lidagi xatni ko'rsatib, u xatni aniq Aniket va Vidya yozganiga to'liq ishonch xosil qilish kerak ekanligini aytadi. Shu payt yana u yerga Sindura keladi. Sindura Rajeshga bu xatlarni atayin Vidyani qoralash uchun tayyorlabmanda deydi.
Sindura sizlarga isbot kerakmi deydi va bir daqiqa kutib turishlarini so'rab, bir xatni olib keladi.

Sagar xatni o'qib shokka tushib qoladi. Sinduradan bu qanday xat ekanligini so'rashganida. Bu qog'oz ajrashuv qog'ozi ekanligini aytadi.
DAVOMI BOR...
Muxriddin Shermuhammedov tayyorladi.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Armina
- Дата публикации: 31.08.2016 20:37

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz