Saytni Yuklab bo'lmadi
Kelin seriali voqealar rivoji 141-qism (Vidya Pratap Singhlar xonadonini tark etdi)
Armina
2016 » Avgust » 30
Kelin seriali voqealar rivoji 141-qism (Vidya Pratap Singhlar xonadonini tark etdi)

Vidya Sagarga yolvoradi. Sagar esa yig'laganicha unga indamay turadi. Shu payt Sindura yana ularning yoniga keladi va Vidyaga spektaklingni yig'ishtir deydi. Sindura Vidyani juda ham qattiq haqoratlaydi. So'ng qo'lidan tortib uni tashqari tomon yetaklaydi. Vidya dod voy solganicha Sindura va Sagarga gapiradi, so'ng Sinduradan yana qo'lini qo'yvorishini aytib qo'lini bir silkitib, yana qo'lini tortib oladi. Hamma ularni kuzatib hayratda edi.
Vidya: - Siz meni bu xonadondan haydab yubora olmaysiz. Men Vidya Pratap Singh bu uyning qonuniy keliniman. Meni faqat erim bu yerdan haydab chiqarishi mumkin.

Bu gaplardan Sindura ham hayratga tushadi. Sagar esa borgan saru yana ham siqilib yig'lardi. Vidya Sagarning oyog'iga kelib yiqilib undan kechirishini so'raydi. Vidya o'tmishdagi holatlarni Sagarga gapira boshlaydi. Qanday yashaganlarini hammasini gapirib beradi va bular ham yolg'onmi deydi. So'ng Sagarni qo'lini boshiga qo'yadi va yana qasam ichadi.

Vidya Sagarni ishonmayotganini biladi. Sindura yana uning gapiga aralashib, Vidyadan isbot so'raydi. Vidya esa isbot borligini, ammasi hammasini bilishini aytadi. Vidya telefonini olib keladi va Sagarga ammasiga qo'ng'iroq qilib, gaplashishini so'raydi. Telefonni biroz qulog'iga tutib turgan Sagar hechkim javob bermaganini aytadi. Vidya qaytadan ammasiga qo'ng'iroq qilishini va Kanadadagi nomeriga qo'ng'iroq qilmoqchiligini aytadi. Sagar hayron bo'ladi:
- Kanada!? Axir ammam boshqa joyda edilarku!
Vidya: - ammamiz Kanadaga zaruratdan ketganlar. Ular bu haqida hechkimga aytmasligimni aytganlar. Unga Kanadadan kelinlari qo'ng'iroq qildi. Ukasi avtoxalokat tufayli og'ir axvolda ekanlar.
Sagar: - Oooo! ammam Xratvaga ketgan deb o'ylardim. Ular Kanadaga ketgan ekanlar. Men esa buni bilmayman. Bu beshinchi yolg'on! Qani bu yerda rost gap bormi?
Vidya: - Ammam aytmasligimni iltimos qilganlar. Agar ular uzoqqa ketganini bilib qolishsa....
Sagar: - Bilib qolsa? Kim bilib qolsa?
Vidya: - Agar bilib qolsa... Sindura opam bilib qolsa, bu holatdan yomon maqsadda foydalanib qolardi.
Sagar kula boshlaydi. Vidyaning gaplariga umuman ishonmaydi. Ammasi opasi Sindura haqida bunday demasligini aytadi.
Sagar Vidyaning telefonini olib undan Kanadaga qo'ng'iroq qiladi.
Sagar: - Alo, Men Hindistondan Sagar Pratap Singh. Iltimos telefonni ammamga bersangiz. U Kanadaga borgandi. Maxit avtoxalokatga uchragan ekan.
Sagar shu gaplarni gapirib qotib qoladi.
Viday undan nima bo'lganini so'raydi. Sagar jaxli chiqib ketadi. Ammasi Kanadada emasligini aytadi. Hamma yana bir bor hayratga tushadi.
Sagar: - Ammam Kanadada emas, u yerga bormagan ham. Maxit esa soppa-sog' ekan. Unga hechnima bo'lmagan.
vidya: - U menga Kanadaga ketmoqchiligini aytgan.
Vidya Sinduraga qaraydi va:
- Siz ammamga nima qildingiz? Ammam qayerda? - deydi.
Sagar esa: - Bo'ldi qil Vidya, yetar! Yolg'on ustiga yolg'on. Sen yana opamni ayblayapsan.
Vidya yig'lab: - Ammam qanilar, ular qayerda - deydi
Sindura esa: - Ammam dedingmi? Aksincha bizning ammamiz qayerda? Sen juda ham havfli ayolsan. Hammasini reja qilib qo'ygansan.
31-dekabrdan beri ammasi yo'qligini aytadi. Shu payt eshik oldida gul ko'tarib kelib, kutib turgan kishi ketayotib bu gaplarni eshitadi va ortiga qaytib:
- Kechirasizlar, bir daqiqa. Men hujjatlarni olib kelayotganimda Ammangizni Vidya taksiga kuzatib qo'yganini ko'rganman - deydi.
Sagar esa hechnimaga tushunmay qoladi va politsiyaga qo'ng'iroq qilib, ammasini qidirishini aytishini aytadi. Sagar hayotdan yengilganini aytib xonasiga chiqib ketadi.
Sindura: - Vidya sen ukamning gaplarini eshitgandirsan. Men iltimos qilaman, iltimos bu uydan ket. Bizning hayotimizdan ket. Bir soatda uyni bo'shatib qo'y.
Vidya qattiq yig'laydi. Hamma zalni tark etishadi. Hechkim Vidyaga etibor bermaydi....

Vidya esa oyisiga ham tushuntirishga urunadi. Oyisi esa Vidyani Sagarning eng katta havfi va ishonchsizligi ekanini, dushmani ekanligini aytib, yig'laydi. Sagarning oyisi Sinduraning gaplari to'g'ri ekanligini, Vidyani bu uyni tark etishini aytadi. Vidya yig'lagancha oyisini oyog'iga ta'zim qiladi. Sindura shu payt kelib qoladi va Vidyani boshini ushlamoqchi bo'lgan oyisini to'xtatib qoladi. Vidyani yana haqoratlab, uni uydan ketishini aytadi.
Xema xonim va eri qizi Shaluni erkalab turishsa, Xema xonimning eri Chinuni ko'rib qoladi. Chinu esa stulda pichoq ko'tarib o'tirardi. Eri Xemaga Chinuni ko'rsatadi. Ikkovi ham qo'rqa boshlaydi. Shalu esa Chinuni ko'rayotganini aytadi.
Xema va eri hayron bo'lishadi va Chinuga qarashadi. Chinu esa o'rnidan turadi va ularga tirik ekanini aytadi. Er-xotin og'zi ochilib qoladi. Shu payt Vidya ularning yoniga keladi va Chinuga doimo unga ishonganini aytadi. Va yana shunday bo'lib qolishini aytadi. Hattoki biror iloji qolmaganda ham doimo uni qo'llab-quvvatlaganini aytadi. Chinu esa doimo Vidyaga ishonganini va yordam berganini aytadi. Endi esa holat o'zgarganini aytadi. Chinuning gaplaridan so'ng Vidya Maxuaning yoniga kiradi. Maxua ham avval unga ishonganini endi esa unga ishonmasligini aytadi. So'ng Sagarning yoniga kiradi. Sagarni juda qattiq sevishini aytadi. Vidya Sagarga barcha ichidagi dardlarini aytadi. Sagar esa yig'lagancha indamay turaveradi. Vidya xonadagi rasmni oladi va xonani asta tark etadi. Xonani tark etarkan Sagar bilan birgalikda o'tgan quvnoq damlarini eslaydi. Eshik oldida ortiga o'girilib alam o'ti bilan yig'layotgan Sagarga qaraydi.
DAVOMI BOR...

Muxriddin Shermuhammedov tayyorladi.
ArminaBonu ko'chirdi. Xd
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Armina
- Дата публикации: 30.08.2016 22:37

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz