Saytni Yuklab bo'lmadi
Kimman
Maqsudbek
2017 » Sentyabr » 13
Kimman

O'ylamay deymanu bo'lmaydi sira.
O'ylar surmaslikka o'rganolmayman.
Bir savoldan ko'nglim tortadi xira
Siz menga kimsizu men sizga kimman?
Hayotda har kimning o'zin o'rni bor.
Kimnidir do'st deyman kim esa duwman
O'zimga so'roqlar beraman takror
Siz menga kimsizu men sizga kimman?
Hatto begonalar bisyor yo'limda
Kimlarnidir esa yaqin atayman
Bir biriga teskari hislar ko'nglimda
Siz menga kimsizu men sizga kimman?
O'zni osmon bilgan kunlarim behad.
Osmonimda sizsiz menchi zaminman
So'roqlar esa hamon bilmaydi sarhad
Siz menga kimsizu men sizga kimman?
Goho o'ylab qolaman balki sevgi bu.
Agar shunday bo'lsa ne uchun jimman.
Shu narsa aniqki dildasiz mangu
Siz menga kimsizu men sizga kimman?
Qiziq... o'ylaymanu, bari befoyda.
Faqat bir narsaga to'la aminman
Bilmadim taqdirdek sirli saroyda
Siz menga kimsizu men sizga kimman?
Sizdan javob so'ramayman bu savolga
Negaki siz ham men kabi jimsiz
Tuyg'ular yuz tutdi afsus uvolga
Balki eng yaqinmiz balki hech kimsiz.
Ko'nglim esa nenidir shivirlar hamon...
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Maqsudbek
- Дата публикации: 13.09.2017 13:35

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz