Saytni Yuklab bo'lmadi
Kimni sevasan
zulfi-yuksel
2016 » Fevral » 19
Kimni sevasan

Farzandlar o'stirgan niyyatlari oq,
Bir umr mehnatda qo'llari qadoq.
Oltmishga kirmasdan sochlari oppoq
Otangni sevmasang kimni sevasan.
Barcha bolasini birdayin suygan,
Saharda non yopib sochlari kuygan.
Yeb turgan oshini senga ilingan,
Onangni sevmasang kimni sevasan
Yaxshingni oshirib yomoning yopgan,
Qirq bitta jonini senga baxsh etgan.
Boriga shukur deb qanoat qilgan,
Ayoling sevmasang kimni sevasan.
Ishdan kelganingda assalom degan
Burnidan chimchisang qiqirlab kulgan.
Uch kun ko'rmay qolsang tushinga kirgan
Bolangni sevmasang kimni sevasan
Qishda ishkomida uzum osilgan,
Yozda kulchalari tandirsiz pishgan.
Ey do'stim xudoning nazari tushgan
Vatanni sevmasang kimni sevasan...!™
Поделись с друзьями:

- Добавлен: zulfi-yuksel
- Дата публикации: 19.02.2016 20:38
klassssssssssssss

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz