Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zlaringni yum
anidam
2016 » Yanvar » 10
Ko'zlaringni yum

"KO'ZLARINGNI YUM"Ular bir-birlarini juda sevishardi. Shunchalik sevishardiki, tasavvur qila olmasdilar hayotlarini bir-birlarisiz. Ular ikkisiyu, dunyoda boshqa hech kim yo'qdek tuyulardi birga bo'lishsa...- Ko'zlaringni yum - derdi har safar yigit. Shunday derdiyu qiz ko'zini ochganda qo'lida gul va chiroyli sovg'alartutardi unga.Qiz har gal yigitdan "ko'zlaringni yum" degan so'zlarni eshitganida qalbiga shuqadar sevinch to'lib ketardiki, bu sevinch uning shaxlo ko'zlaridan nur bo'lib yog'ilardi yigitga. Yigit shu ko'zlardagi nurni sevardi. Shuning uchun har gal qizga yangi va kutilmagan narsalar sovg'a qilishga urinardi u.Shunaqa beg'ubor edi ularning muhabbatlari... Vaqtlar o'taverdi...Kun kelib, yigit uzuk harid qildi. Uchib borgisi keldi qizning yoniga. Borsada"Ko'zlaringni yum" desa, qiz ko'zlarini ochganda uzukni tutib turmushga chiqishni taklif etsa...Qiz qanchalik quvonadiya. Uchrashuv belgilandi. Qiz vaqtliroq kelib kuta boshladi. Yigit ham ko'rindi. Qo'llarida qiz sevgan qip-qizil atirgullar. Oshiqlar bir-birlariga talpindilar. Yigit lablarida tabassum bilan qizga termulib kelardi. Butun hayoli qizda edi va voqe'likni bir zumga unutib qo'ydi. Shu bir zumlik loqaydlik uchun taqdir uni jazoladi... Taqdir chizig'i belgilagan ekan, ko'chadan o'tayotgan yigitni mashina urib yubordi. Atirgullar havoga uchdi. Yigit ancha narida qip-qizil qonga belanib yotardi. U boshini qiz tomonga burib nigohlari bilan uni qidirdi. Qiz yig'lardi... U yugurib kelib yigitni quchog'iga oldi.- Yig'lama tentak qiz, men yaxshiman -dedi yigit qizga shivirlab. Ularning atrofida tezda odam to'plandi. Yigit bilan qiz esa bir- birlariga jimtermulib turardilar.- Közlaringni yum, - dedi nihoyat yigit qizga. Qiz yigit aytgandek ko'zlarini yumdi. Ochganida... Ochganida endi yigit yo'q edi. Ajal farishtalari bir zum kutmadilar, ishlari ham bo'lmadi bu go'zal sevgi bilan.Qiz umrida birinchi bor ko'zlarini yumganidan afsuslandi. U yig'lardi... O'ksinib, o'kirib yig'lardi...
Поделись с друзьями:

- Добавлен: anidam
- Дата публикации: 10.01.2016 04:56
Tasrli
Sssssuúuupeer
Ajoyib. Zor

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz