Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zmunchog'im
anidam
2016 » Yanvar » 10
Ko'zmunchog'im

Qizga yigit yoqmasdi. Uning
fe’l atvori yoqmasdi. O’zi
yoqmasdi… Uning ortidan
ko’p yurdi yigit. U uchun ko’p
narsalar qildi. Uni deb ko’p
narsadan voz kechdi yigit.
Lekin qizda iliqlik sezmadi.
Yigit shoirtabiat edi. Dunyoni,
olamni, tabiatni, sevardi u,
gullarni, qushlarni, oy-
quyoshni sevardi yigit.
Yer-u osmonni, Uni sevardi
yigit…
- Menga bunaqa, ko’rgandayoq yuzimga qarab
she’r to’qiydigani kerakmas.
Otam zamonidan qolib
ketgan xatlarni yozib boshim
og’ritmasin! Yigitdan olib kelingan xatga va xatni
olib kelgan elchiga shunday dedi qiz. Keying safar
qizning
dugonasini ishga soldi yigit.
Ammo bu ham hech qanday
natija bermadi.
- Menga so’zlaridan,
ko’zlaridan o’t chaqnaydigan
yigit kerak! Yonimga kelishga
botinolmay, qator qator
elchilarini yuboradigani
emas! Shunday yigit bo’lsinki, meni tilim lol bo’lsin,
uniki emas. Har gapida "Gulim,lolam” degan o’t-
o’lanlar nomi bilanmas,
ismim bilan chaqirsin! Chaqirsinki, o’sha ondayoq
qarshisida hozir bo’lay. Ovozlaridan yuragimgacha
titrab ketay!
Qizning bu gaplaridan
keyin yigit unga boshqa
elchi yubormadi.Shu gaplar
unga hayot sabog’ini berdi.
* * *
- Nargiz!!!
Darvoza daranglab ochilib,
ismini eshitgandayoq
Nargizning oyoq-qo’li
bo’shashib, yuragi potirlab
qoldi. "yana ichibdilar-da!”
xayolidan shu o’y o’tdiyu,
yugurgilab hovliga chiqdi.
Ana eri! O’zi bir umr orzu
qilgan, gapirganda so’zlaridan o’t chaqnaydigan,
chaqirganda ovozi yuragigacha titratadigan
eri. Oyog’ida zo’rg’a turibdi,
hozir yana hammasi
takrorlanadi. Bir shapaloq
bilan qutulsa mayli edi,
lekin eri holdan toyguncha
uradi-da. Nargiz katta
bo’lib qolgan qizlarining
yonida uyaladi.O’gli hali
kichkina, bunaqa narsalarni
tushunmaydi.
Janjallarning boisi ‘’o’glim
yo’q”edi. Ikkita qizi bor.
Boshida Jamol akasi bilan
yaxshi yashashdi. Yaxshi
deb ham bo’lmasdi. Bu
kunlar bilan qiyoslaganda
u kunlar oltinga teng edi. Shirin so’zlar eshitmasa-
da xar xolda urush janjalsiz edi u kunlar… Ikkinchi
qizi
tug’ilgan keyin eri ichishga
mukkasidan ketdi."Menga
o’gil kerak!”- deb to’polon
qiladigan odat chiqardi.
Ko’zining tagidagi ko’kimtir
ranglar ketib ketmasdan yana
yangisi bosilardi. Nihoyat
o’g’illi bo’lishdi. Lekin Jamol
ichishni tashlamadi, qaytaga
avj oldi.
Oxirgi paytlarda o’sha
shoirtabiat yigitni ko’p
o’ylaydigan bo’lgan. "Balki
uning sevgisini , tuyg’ularini
uvol qilganim uchun taqdir
menga shunday kunni ravo
ko’rgandir,” – deb o’ylaydi.
O’sha o’ziga yoqmagan,
yoqmaganini hammaga
oshkora aytgan yigit oldida
o’zini bir siqim his qiladi. Ayol
bo’lib eridan bir shirin so’z
eshitmaganini o’ylab, ho’rligi
keladi. Bolalari ham dadasidan zirillaydi. Erkalanib,
bo’yniga osilib
o’tirisholmaydi. Shuncha o’qib diplom olgani ham bir
pul bo’lgan. "Ishlamaysan!”-dedi tamom. Shularni
o’ylab yuragi siqildi.
Talabalik yillarini eslab, suratlari, kitoblari turgan
javonni ochdi. Suratlarda o’zini ko’rib yig’lab
yubordi. Xozir u Nargizdan asar ham qolmagan.
Yuzlariga g’am
soyasini tashlab bo’lgan,
ajinlarning sanog’i yo’q.
ko’rganlar 5-10 yosh qo’shib
aytishadi. Suratlarni ko’rarkan, orasidan
kichkinagina kitob chiqdi.
Kitob qanday bu yerga kelib
qolganini eslolmadi. Lekin bu
kitobni o’sha shoirtabiat yigit
berganini esladi. Ochdi.
Muqovasida tanish shoirning
she’ri yigitning qo’llari bilan
yozilgandi…
* * *
Gulim mehr ko’zda degani
yolg’on,
Qancha ko’rishmasak
shuncha qadrdon,
Mening dilimda o'chmas
chaqinsiz.
Qancha uzoq bo’lsak shuncha
yaqinsiz.
Devona oshiqman, devona,
Ayting sizdan bo’lak kimim
bor yana?..
Yodimda kechagi
sho'xliklaringiz,
Ko'ksimni kuydirgan
kipriklaringiz.
Siz o'sha orzusi oydan oydin
qiz,
Siz o'sha kulgusi
qo'ng'irog'imsiz.
Siz achchiq qismatim, siz
istirobim,
Siz shirin dardimsiz, shirin
azobim.
Siz mening ko’klardan
topgan oftobim,
Yerlarda yo’qotgan
ko’zmunchog’imsiz.
Ko’zlari yoshdan harflarni
ko’rmay qoldi. Hayollarga
berilib o’tirarkan lablari
tinmay
"Siz mening ko’klardan
topgan oftobim,
Yerlarda yo’qotgan
ko’zmunchog’imsiz…” deb
shivirlardi.
Darvozaning zarb bilan
ochilishi-yu, erining "Nargiz!”
deb chaqirgani ham uni
hayollar og’ushidan olib
chiqolmadi. "Qars” etgan
ovoz chiqdi, Nargiz yuzining
lovullab yonayotganidan
shapaloq yeganini angladi.
Erining baqir- chaqiriga
Nargizning qalbida
takrorlanayotgan so’zlar
qorishib ketdi...
"Siz mening ko’klardan
topgan oftobim,
Yerlarda yo’qotgan
ko’zmunchog’imsiz…”
Поделись с друзьями:

- Добавлен: anidam
- Дата публикации: 10.01.2016 06:21
Gap yu z6r klass super
Yaxshi hikoya.

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz