Saytni Yuklab bo'lmadi
"Kundalikdagi so'ngi bitiklar".
Jamik
2015 » Sentyabr » 4
"Kundalikdagi so'ngi bitiklar".

Yigit va
qiz, qizning Guli ismli dugonasi birga
öqishardi. Ular juda qalin döst edilar.
Faqat yigit u-n Lola (qizning ismi)
döstdan-da yaqinroq edi. Uni juda
sevardi. Bu sevgisini hech kim bilmasdi, öziga ham aytmagandi. Guli
bölsa yigitni yoqtirardi, biroq u ham bu
tuyg'usini birov sezib qolishidan
chöchirdi. Gulining yashirin sevgisini
Lola sezib qoldi. Lola juda kamgap,
mahzun qiz edi. Gulining nega kundan kun xafaqon bölib boryapsan, degan
savoliga sizlarni öylayapman, bir-
biringizni sevasiz-ku, aytolmaysiz deya
javob berdi. Guli dastlab rad etgan
bölsada, keyin tan oldi. Shu kundan u
yigitning sevgisini qozonishga kirishdi, bunda Lola unga yordam berardi. Yigit
esa aksincha, kundan-kun Lolani
qattiqroq sevib borardi. Loladagi
özgacha mahzunlik, hayotga teran
qarashlar Azizni uni sevishga majbur
qilardi. Bir kuni Lola undan Guliga uylanishini söradi. Aziz qattiq ranjidi,
buni qizga bildirolmasdi. Rozi bölmadi. Lola uning közlariga tik qarab, meni
zarracha yaxshi körsang uni xafa
qilma deb yig'lab turib oldi. Yigit
dunyoda faqat mana shu közlar oldida ojiz edi. Shu sabab hech narsa demadi.
Qizning rangi tobora sölib
boryotganini shu dardga yöydi. Lola
tinmay qistayvergach biroz vaqt ötib
yigit taqdirga tan berib Guliga uylandi.
"Baribir, u meni sevmaydi. Men u-n u sevgani b-n baxtli bölsa böldi",- iztirob
ila öylardi yigit. Töydan söng ular
Lolani qaytib körishmadi. U boshqa
shaharga ketganligi ma'lum edi xalos.
Bir yil ötgach yigit uning shaharga
qaytib kelgani, og'ir yurak hastaligidan olamdan ötganligi haqida xabarni
eshitdi. Hali ham uning ismini
yuragidan öchirolmagandi, tomog'ida
eski xotiralar tosh bölib qadalgandek
havo yetishmasdi unga... Közlari
yoshlandi. Axir jonidan ziyoda sevar edi... Janozasiga bordi. U yerdan
chiqqach özini Lolaga qaragan
xamshiraman deb tanishtirgan bir qiz
unga daftar tutqazdi. Lolaning
kundaligi ekan. Ochdi, 1-sahifada
özining surati, unin ostiga shunday yozilgan edi: Xasta yuragimning yolg'iz
egasi... Yozuvlarni varaqladi: 11.09.09.
U meni sevadi. Qarashidan sezyapman.
Tentak, aytmaydi ham. Men ham uni
yaxshi köraman, lekin unga
aytmayman. Chunki men ham tentakman. 16.11.09. Yuragim
sanchyapti. Doktorlar 18 oy umring
qoldi deyishsa juda qörqinchli
bölarkan. Hammasidan yomoni u b-n
birga bölolmaymiz endi. Hali bir-
birimizga aytmagandik ham. Endi aytilmasdan tugaydi sevgimiz...
7.12.09. Guli uni sevarkan, bugun
sezdim. U juda yaxshi qiz... 14.04.10.
Bugun ularning töyi böldi. Uning
örnida bölib qolishni juda xohlardim.
Rosa yig'ladim. Afsus... Guli uni baxtli qil, men u-n ham, iltimos. Faqat... Faqat
keyingi hayotimda u meniki böladi...
3.02.11. Yaqinda bu azoblar yakun
topadi... Yuragim azob ila uni sörayapti.
Sönggi bor uni körsaydim... Bir
martagina... Yigitning köz oldini yosh qoplab oldi, öqiyolmadi u yog'ini...
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Jamik
- Дата публикации: 04.09.2015 16:37
OshiG'i KozimGa yosh KeLdi KLass
Tasanno ofarin zör hikoya ekan
Juda acinarli
ajoyib
Qoyil sal qoldi men ham yana boganda oqiyolmagan bolardim rahmat hikoya ucun
Xayotan olinganmi bu hikoya zur lekin judayam tasirli
ajoyib zo'r
Qattan olas wunaqa hikoyalani

1-10 11-11

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz