Saytni Yuklab bo'lmadi
Kutish
anidam
2016 » Yanvar » 10
Kutish

Uch nafar yigit va
uch qiz dam olish
niyatida dengiz
böyiga otlanishdi.
Ularni maroqli hordiq
kutmoqda edi. Bu
yoshlar bir-biriga
köngil qöyishgan,
közlarida muhabbat
uchqunlardi. Ötgan
ketganlarga ham
jilmayib boqishardi.
Ularning nazarida,
bu
dunyoda hamma
odamlar özlari kabi
baxtli edilar. Lekin,
unday emasdi. Ular
ötirgan avtobusda
30 yoshlardagi kishi
ham bor edi.
Yoshlarning quvnoq
kulgusi, hazil-huzuli
uni öng'aysiz
ahvolga solardi.
Yoshlar quvnagani
sayin uning qalbi
og'rir, oxiri közlarini
chirt yumib oldi. Bu
shovqin unga
yoqmayotgani sezilib
turardi. Qizlardan biri
uning bu holatiga
jim qarab turolmadi,
notanish kishining
yoniga ötirdi. Uning
ismini sörab bildi.
Erkak bundan 4 yil
oldin jinoyat qilib
qamalgan, endi
turmadan uyiga
ketayotgan ekan. Bu
qizni battar
hayratlantirdi.
-Uyga qaytayotgan
bölsangiz, nega
xursand emassiz?
Uylanganmisiz,-
söradi qiz.
Bu savolga
suhbatdoshi
tushunarsiz javob
berdi:
-Bilmayman...
-Qanaqasiga
bilmaysiz, - söradi
qiz ajablanib.
-Turmaga tushgan
paytimda xotinimga
xat yozib, uzoq vaqt
bölmasligimni
aytdim. Meni kutish
oson bölmasligini
tushunardim. Agar
kutishga sabring
yetmasa, mayli,
meni unut, seni
tushunaman,
özingga yoqqan
kishiga turmushga
chiq, buni
menga aytmasang
ham mayli dedim.
-Endi esa xotiningiz
sizni kutyaptimi yoki
turmushga
chiqqanmi, buni
bilmay uyga
ketyapsizmi?
-Ha, - og'ir xörsindi u
- qamoqdan ozod
bölishimni
aytishgach, bir hafta
oldin xotinimga yana
maktub yozdim.
Maktubda shunday
deb yozdim:
"...agar
senga kerak bölsam,
shaharchaga
kiraverishdagi
ustunga sariq
römolcha bog'lab
qöy, shundan senga
kerakligimni
anglayman. Agar
kerak bölmasam
hech narsa qilma.
Men
avtobusdan tushmay
ötib ketaman..."
Yigitning gaplari
boyagina xandon
ketayotgan yoshlarni
öylantirib, jim qilib
qöydi. Uning xotinini
qattiq sevishi ma'yus
nigohlaridan sezilib
turardi.
Shaharchaga hali
uzoq edi. Endi ular
har bir kilometrni
sabrsizlik
bilan hisoblashar,
asablar tarang
tortilgandi. Avtobus
manzilga
yaqinlashgani sayin
hammaning diqqati
oshardi. Erkak bu
holatga chidayolmay
közlarini chirt yumib
oldi. Ön kilometr
qoldi. Besh...
Uch... Bir payt
yölovchilar birdan
örinlaridan turib
qichqirib yubordilar.
Sobiq maxbus yigit
esa avtobus
oynasidan
tashqariga boqib,
tosh kabi qotib
qoldi:
yöldagi barcha
daraxtlar shohiga
sariq römolchalar
bog'lab qöyilgandi.
Römolchalar
shamolda hilpirab,
uyga qaytayotgan
odamni qutlardi
göyo.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: anidam
- Дата публикации: 10.01.2016 13:29

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz