Bir odam o'g'liga: — Bo'ldi bas, men etgan qizga uylanasan. — Axir dada, qanday qilib ko'rmay, bilmay turib, uylanaman? Kim o'zi u qiz? — Hokimning qizi. — Ha-a, unday bo'lsa mayli. Hokimni oldiga borib: — Qizingizni so'rab keldim, o'g'limga kelinlikka bersangiz. — Ie, qiziq ekansiz-ku, tanimagan bilmagan odamga qizimni bervoraveramanmi, kim o'zi o'g'lingiz? — Ipoteka bankini boshqaruvchisi. — Ha-a, unday bo'lsa mayli. Bank boshqaruvchisiga borib: — O'g'limni Ipoteka bankiga boshqaruvchi qilib ishga olsangiz. — Ie, qiziq odam ekansiz-ku, duch kelgan odamni bank boshqaruvchisi qilib ishga olaveramizmi? Kim o'zi o'g'lingiz? — Hokimning kuyovi. — Ha-a, unday bo'lsa mayli.