Ishyoqmas, tekintamok, dangasa odamlar uchun 8 qoida: 1 — Yotadigan krovatingni o'zingni sevganingdek sev. 2 — Kimdir dam olayotganini ko'rsang, albatta, yordamga oshiq. 3 — Ish - mukaddas narsa, unga tega ko'rma! 4 — Qaysidir ishni ertaga qoldirish mumkin bo'lsa, uni aslo bugun bajarma! 5 — Ishlaganlar sog'lom bo'ladi, deyishadi, demak, bemorlarga ish qoldirish kerak, ular sog'ayishsin. 6 — To'satdan ishlaging kelib qolsa, shoshilma. Chuqur nafas ol, o'tib ketadi. 7 — Aslo unutma, ish baribir tugamaydi!!! 8 — Agar ko'p ishlash bilan millioner bo'lish mumkin bo'lganda edi, unda hamma ishchilar boyib ketgan bo'lar edi.