Saytni Yuklab bo'lmadi
Mehr oqibat
zulfi-yuksel
2016 » Mart » 24
Mehr oqibat

Bu yolg`onchi dunyoda insonni ikki donagina chin do`sti bo`lar ekan. Bittasi Alloh, ikkinchisi o`sha sizu bizni yorug` dunyoga keltirgan onalarimiz. Alloh bizning ruhimizga parvona bo`ladi. Onalarimiz- chi? Onalarimiz hali tug`ilmasimizdan to `ozlari qabrga ketgunlariga qadar boshimizda parvona bo`ladilar. Ilohim o`tganlarini Alloh o`z rahmatiga olsin. Tiriklarini umrlarini ziyoda qilsin. Yaxshi kunlarda, to`ylarda qo`llarini duoga ochib turganlarini ko`rish ko`p yillar nasib etsin. Oqibat degan gap bor dunyoda. Lekin oqibat bilan oqibatni ham farqi bo`lar ekan. Ona farzandiga beminnat oqibat qilar ekan. Farzandim mendan keyin qolsin, unib o`ssin deb oqibat qilar ekan. Lekin farzandni oqibati omonat oqibat bo`lar ekan. Minnatli oqibat bo`lar ekan. Bugun bor, ertaga ko`ramanmi yo`qmi, kel, endi ikki og`iz yaxshi gapimni ayamay deb oqibat qilarkanmiz. Bugun kelib, ertaga ketguvchi mehmonga qilgandek oqibat qilarkanmiz. Agar so`zlarimdan ko`nglingiz ranjigan bo`lsa, shu so`zlarimning isbotini borib qabristondan ko`ring. Hattoki o`sha qabr toshlariga ham jimjimador qilib minnat bilan yozib qo`yilibdi: “Aziz farzandlaringizdan esdalik(!)” Qarang, hattoki shu qabr toshini ham minnat bilab qo`yarkanmiz. Uni biz qo`ydik deb qo`yarkanmiz: “Aziz farzandlaringizdan esdalik(!)” Dunyoni yolg`onligini, dunyoni omonatligini, dunyoni bor- yo`g`I besh kunlikligini isbotlab ketgan insonga siz bilan meni esdaligimni nima keragi bor? “Aziz farzandlaringizdan esdalik(!)” Gohida shu chin do`stimizning ham qadriga yetamiz, gohida yo`q. Gohida yarim tunda uyimizga kelamiz. Darvozani astagina ochib, hech kimga bildirmay kirib ketamiz deymiz. Lekin bizni kutib o`tirgan bedor onaizor kelganimizni qadam tovushlarimizdan emas, qalbi orqali sezadilar. Bir og`izgina, bor yo`g`I bir og`izgina so`z aytadilar: “Bolam, keldingmi?” Gohida mana shu bir og`izgina so`z ham bizga og`ir botib ketadi. “Ha, onajon, keldim. Yosh bolamasman-ku(!) Uxlursez bo`miydimi”, - deymiz.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: zulfi-yuksel
- Дата публикации: 24.03.2016 22:41
Raxmat dostlar
Ey, azizlar, o`sha onaizor manguga uxlab qolganlaridan keyin ona yotgan o`sha g`aribgina kulbaning g`aribgina derazasi tagidan ming marta u yoqqa o`ting, ming marta bu yoqqa o`ting, tunda o`ting, tongda o`ting, o`sha nido eshitilmas ekan: “Bolam, keldingmi?” Hovlimizni to`ldirib to`ylar qilamiz, kazo-kazolarni chaqiramiz, oldiga borimizni ayamay to`kib solamiz. Lekin ikkala ko`zimiz, ikkala qulog`imiz, vujudimiz, borlig`imiz o`sha derazaga tikilgan bo`ladi. O`sha tanish chehra ko`rinarmikin, o`sh nido qayta eshitilarmikin?: “Bolam, keldingmi?” Taqdirni taqazosi bilan yillar o`tib, yana o`sha darvoza oldiga yarim tunda kelamiz. Berk darvoza oldida to`xtab qolamiz. Sababi esa oddiygina. O`sha topganimizni qo`liga qo`shqo`llab topshirganimiz farzandlarimiz ha,. Jonimizda ortiq ko`rgan sevgan yorlarimiz ham bizni yarim tunga qadar, tongga qadar kutib o`tirishga toqatlari yetmay, uxlab qolar ekan. Ana o`shanda qalbimiz uyg`onib qoladi, ana o`shanda vijdonimiz uyg`onib qoladi. Ana o`shanda qo`llari qadoq mehribonimizni sog`inib- sog`inib ketamiz…

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz