Saytni Yuklab bo'lmadi
Menikisiz
Malika
2016 » Fevral » 25
Menikisiz



U kelar bag'ringga solib ishqdan ganj
U kelar bag'rimda sayraydi qumri
U bilan uyimga keladi yupanch
Yarim soat mening yupanchim umri

Uzimga joy topmay qolib shoshaman
Unga otilaman sevib ökinib
Yarim soatgina tulib toshaman
Yarim soatgina...söng qolgum men tinib

U qöl soatiga qaraydi mayus
Köksimda Nimadir qad kötarar dast
U chiqib ketadi derazadan kuz
Mung'ayib közimdan közini olmas

Kein tuyg'ularim tutaman tunga
Kökragim bir ötdan achishadi bas
,,Uzimniki böling" deyman men unga
,,Menikisiz" demoq qölimdan kelmas

Kein uzun tunlar öyga tolaman
Tush köraman közim ilingani on
Tushimda oq kabutar bölib qolaman
U uz qöllarida tutar menga don

Uyg'onib ketaman uyg'onib ,,Nega"
G'alayonli öylar kelar bostirib
Nechun uz uyiga bölolmas ega
Eshigimdan oshkor kelolmas kirib

Naxot inson uz ayb uz xatosining
Bir umr öynasa öyinlariga
Nahot bir umr öglim uz otasining
Oshkor osilolmas böyinlariga..??

Shu Qismatni ravo kördimi xayot
Qizdirsin deb g'iybat gap öchog'ini
Gulday tanim bilan bir umr noxot
Isitib yashayman tun quchog'ini

Ox ursam oximdan öt ketar tunga
Qarg'amay desam-da yoshlik mastlikni
Ösha mastlik Meni tutqazgan unga
Menga ,,MENIKISIZ" deyolmaslikni
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Malika
- Дата публикации: 25.02.2016 18:51

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz