Saytni Yuklab bo'lmadi
Messi g'olib
Woldemor
2016 » Yanvar » 12
Messi g'olib

FIFAning yillik taqdimot marosimi yakuniga etdi. Marosim so'nggida "Oltin to'p" sohibi aniqlandi.
Bu sovringa Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Neymar da'vogarlik qilgandi.
O'tkazilgan so'rovnoma natijasida Kataloniyaning "Barselona" klubining argentinalik hujumchisi Lionel Messi 2015 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
FIFA hamda France Football jurnali o'tkazgan so'rovnomada qatnashgan murabbiylar, terma jamoa sardorlari hamda jurnalistlarning ko'pchilik qismi Lionel Messiga ovoz berishgani ma'lum bo'ldi.
FIFA matbuot xizmati axborotiga ko'ra, milliy terma jamoalarning murabbiylari, sardorlari va matbuot kotiblari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma yakunlariga ko'ra, Lionel Messi 41,33 foiz, Madridning "Real" klubi hujumchisi, portugaliyalik Krishtianu Ronaldu 27,76 foiz, Messining klubdoshi, braziliyalik Neymar esa 7,86 foiz ovoz to'pladi.
G'olibga "Oltin to'p"ni afsonaviy futbolchi Kaka topshirdi.
Eslatib o'tamiz, Messi bunga qadar 2009, 2010, 2011, 2012 yillarda jahonda tengsiz futbolchi deb topilgan edi. Endi u besh marta "Oltin to'p" sohibi bo'lgan dunyodagi yagona futbolchi.
Krishtianu Ronaldu, shuningdek, o'tmish yulduzlari — Marko van Basten, Mishel Platini va Yohan Kroyff kabi futbolchilar uch martadan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Woldemor
- Дата публикации: 12.01.2016 09:03
Barsa va messi n1

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz