Saytni Yuklab bo'lmadi
Muhabbat
Beruniy59
2015 » Oktyabr » 26
Muhabbat

Tunlar uyqularing olib ketadi,
Oshiqni yo yetuk, yo xor etadi.
Ko'zga intizorlik solib ketadi,
Ishq maqtov, gohida haqorat, do'stim.
Sevgining qo'lidan tutgancha mahkam,
Dardli yuragingga so'rasang malham.
Shunda qo'yajaksan birinchi qadam,
Muhabbat u ko'ngilga halovat, do'stim.
Kimlardir sevgidan ichadi sharob,
Kimningdir qalbida tomchilar zardob.
Yana kim uni deb xoru zor, harob,
Muhabbat gohida razolat, do'stim.
Hissiz yuraklarga singdirib mehr,
Ayovsiz yetkazar sinash-chun jabr.
Sevgi g'ururlidir, lek suymas kibr,
Uni tuymoq mushkul bag'oyat, do'stim
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Beruniy59
- Дата публикации: 26.10.2015 14:37

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz