Saytni Yuklab bo'lmadi
Muhabbatim
zulfi-yuksel
2016 » Mart » 24
Muhabbatim

Tuni bn yog'di yomg'ir baxs boylashib ko’z yoshimga,
Sel yuvadi g'uborlarim dard quyilar bardoshimga,
Qora tunda qora bulut aylanadi sirdoshimga,
Nega senga ketgin dedim sen ham ketding
MUHABBATIM.
Nega bir-bir tashlab ketdi qalbim suygan insonlarim? Nega bir-bir uchar bo’ldi mehr nomli yolqinlarim?
Qayda qoldi dilimdagi quvonchlarim toshqinlarim?
Nechun sendan kechar bo’ldim sen ham kechdin
MUHABBATIM.
Yo bardoshim yetmasmidi taslimmanmi hijronlarga?
Adashdimmi yana qayta mehrim berib insonlarga? Yoki yana aldandimmi taqdir degan dostonlarga?
Seni tashlab men ketdimmi yoki senmi MUHABBATIM?
Seni ko’rmay suygan bo’lsam ko’r qalbimni
suyarmiding?
Orzularim bilganingda sen ham armon tuyarmiding?
Isming aytib jonim bersam, zarra bo’lsa kuyarmiding? Ketma desam qabrimda ham qolarmiding
MUHABBATIM?
Yomg'ir yog'ar sel-sel bo’lib savollarga yo’ldosh bo’lib,
chaqmoq kabi portlay deyman dod solaymu ko’ksim
to’lib?
Bulut to’sgan xilol kabi ruhim borar asta so’nib, Men ketgandek tashlab seni umrim ketar,
MUHABBATIM...
Поделись с друзьями:

- Добавлен: zulfi-yuksel
- Дата публикации: 24.03.2016 22:37

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz