Saytni Yuklab bo'lmadi
Muhammad yusuf sherlari
zulfi-yuksel
2016 » Fevral » 12
Muhammad yusuf sherlari

Men dunyoni nima qildim, O'zing yorug' jahonim, O'zim xoqon, O'zim sulton, Sen taxti Sulaymonim, Yolg'izim, Yagonam deymi, Topingan koshonam deymi O'zing mening ulug'lardan Ulug'imsan, Vatanim... Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga, Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga Singlim deymi, Onam deymi, Hamdardu hamxonam deymi, Oftobdan ham o'zing mehri- Ilig'imsan, Vatanim. Sen Mashrabsan, Xalqda tumor, Balxda dorga osilgan, Navoiysan, shoh yonida Faqirini duo qilgan. Yassaviysan, meniki deb, Ko'ringan da'vo qilgan, Ming bir yog'i ochilmagan Qo'rig'imsan, Vatanim. Sen Ho'jandsan, Chingizlarga Darvozasin ochmagan, Temur Malik orqasidan Sirdaryoga sakragan, Muqannasan qorachig'i Olovlarga sachragan, Shiroqlarni ko'rgan cho'pon Cho'lig'imsan, Vatanim. Kim Qashqarni qildi makon, Kim Enasoy tomonda, Jaloliddin-Qurdistonda, Boburing-Hindistonda, Bu qanday yuz qarolig' deb, Yotarlar zimistonda, Tarqab ketgan to'qson olti Urug'imsan, Vatanim... O'g'lim desang osmonlarga G'irot bo'lib uchgayman, Chambil yurtda Alpomishga Navkar bo'lib tushgayman, Padarkushdan pana qilib Ulug'beging quchgayman, G'ichir -g'ichir tishimdagi So'lig'imsan, Vatanim... O'tgan kuning-o'tgan kundir O'z boshingga yetgan kun, Qodiriyni bergan zamin, Qodiriyni sotgan kun. Qo'lin bog'lab, Dilin dog'lab, Yetaklashib ketgan kun, Voh bolam! deb aytolmagan Dudug'imsan, Vatanim. Yonigda qon yig'lagan bir Shoiringga qarab qo'y, Gar Qo'qonga yo'ling tushsa, Detdomlarni so'rab qo'y Hech bo'lmasa Usmon hokin Keltirmoqqa yarab qo'y, Olislarda qurib qolgan Qudug'imsan, Vatanim... Sen shoxlari osmonlarga Tegib turgan chinorim, Ota desam, O'g'lim deb, Bosh egib turgan chinorim, Qo'ynimdagi iftixorim, Bo'ynimdagi tumorim, O'zing mening ulug'lardan Ulug'imsan, VATANIM!
Поделись с друзьями:

- Добавлен: zulfi-yuksel
- Дата публикации: 12.02.2016 14:28

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz