Saytni Yuklab bo'lmadi
Muhammad yusuf sherlari
zulfi-yuksel
2016 » Fevral » 12
Muhammad yusuf sherlari

Hamma sizga mehr ila boqmasa ham,
Ariq suvi daryodayin oqmasa ham,
Kaminaning latifasi yoqmasa ham,
Ko’ngil uchun kulib qo’ying, ko’ngil uchun.
Topgan gul keltirar topmagan bog’ piyoz,
Sovg’amiz ham yoqmaganda sizga biroz,
Ko’nglimizdan yana yagona iltimos,
Ko’ngil uchun olib qo’ying, ko’ngil uchun.
Do’stingiz boshiga taqdir kulfat solsa,
Qo’shningizga bir bor berib, ming bor olsa,
Dushmaningiz tasodifan o’lib qolsa,
Ko’ngil uchun yig’lab qo’ying, ko’ngil uchun.
Mehmon tinmay ortingizdan quvib yursa,
Uyingizni uyidayin yaxshi ko’rsa,
Har kun darvozangiz taq-tuq qilib tursa,
Ko’ngil uchun ochib qo’ying, ko’ngil uchun.
O’zgalarning quvonchiga joningni ber,
Yaxshi ishlar qilib, mayli qaddingni ker,
Siz uchun bu dilozorlar, yozilgan she’r,
Ko’ngil uchun o’qib qo’ying, ko’ngil uchun…
Поделись с друзьями:

- Добавлен: zulfi-yuksel
- Дата публикации: 12.02.2016 14:40

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz