Saytni Yuklab bo'lmadi
Muhammad yusuf sherlari
zulfi-yuksel
2016 » Fevral » 12
Muhammad yusuf sherlari

Gulzorini so’ldirsangiz ham
Paymonasin to’ldirsangiz ham,
Jonin olib, o’ldirsangiz ham
Sevishini aytmaydi qizlar…
Yulduz misol yog’dular sochib
Sirlarini tunlarga ochib,
Ko’zlarini yashirib, qochib,
Sevishini aytmaydi qizlar…
-Tushunmaydi, eh, hali yosh deb,
Gap uqmaydi yoki bebosh deb,
Yo’q. O’ylamang hech bag’ritosh deb,
Sevishini aytmaydi qizlar…
Beg’ubor-u orzusi osmon,
Muhabbati yurakda pinhon,
Yaxshi ko’rar, lekin hech qachon
Sevishini aytmaydi qizlar…
Butun qalbi otashda yonar,
Balki sizni juda qizg’onar,
Sevgisidan jilmayib tonar,
Sevishini aytmaydi qizlar…
Alam bilan fig’onga to’lmang,
Jonni berib, poyida o’lmang,
Eh, yigitlar, ovora bo’lmang,
Sevishini aytmaydi qizlar…
Поделись с друзьями:

- Добавлен: zulfi-yuksel
- Дата публикации: 12.02.2016 14:41

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz