Saytni Yuklab bo'lmadi
Nursulton Nazarboyev Islom Karimovning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi
Crash
2016 » Sentyabr » 3
Nursulton Nazarboyev Islom Karimovning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi

Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevga Prezident Islom Karimovning vafotimunosabati bilan ta’ziya bildirdi. Bu haqdagi xabarnoma Oq O‘rdaning rasmiy saytida chop etildi.

“Telegrammada Davlat rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning vafoti haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qilgani ta’kidlanadi”, — deyiladi xabarnomada.
“Qozog‘istonliklar O‘zbekistonning birodar xalqi bilan bevaqt va to‘ldirib bo‘lmas yo‘qotish qayg‘usini bo‘lishadi. Men bilan qariyb 30 yil mobaynida yelkama-yelka ishlagan do‘stimni yo‘qotganimdan chuqur qayg‘udaman”, — deb ta’kidladi Nazarboyev ta’ziyada.
Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishga, uning jahon miqyosidagi nufuzini oshirishga, jamiyat farovonligini oshirishga yordam bergan keng miqyosli o‘zgarishlarning amalga oshirilishi Islom Karimov nomi bilan bog‘liqligini alohida qayd qilib o‘tdi.
“U butun hayotini o‘z xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga bag‘ishladi, u har doim Qozog‘istonning ishonchli do‘sti bo‘ldi va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va qo‘shnichilik rishtalarini mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi. Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasi qalbimizda manguga qoladi”, — deyiladi telegrammada.
So‘zining yakunida Nursulton Nazarboyev Islom Karimovning qarindoshlari va yaqinlariga, shuningdek, O‘zbekiston hukumatiga va xalqiga samimiy hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini yetkazishni so‘radi.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Crash
- Дата публикации: 03.09.2016 12:13

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz