Saytni Yuklab bo'lmadi
Odam qilganman dermish
zulfi-yuksel
2016 » Mart » 31
Odam qilganman dermish

Qo'lida qadrimiz o'ynab yurganlar,
Ishimiz bitkazmay qiynab yurganlar,
Orqadan mayda gap chaynab yurganlar,
Bugun cho'qqilarda bizlarni ko'rmish,
Uni o'zim odam qilganman dermish.
Tuhmat toshlarini otgan do'stlarim,
Bir paytlari meni sotgan do'stlarim,
Bir dasturxonda tuz totgan do'stlarim,
Dushmanga qo'shilib g'iybatim qilmish,
Uni o'zim odam qilganman dermish.
Biz salom berganda olmagan alik,
O'zin osmon bilib yashab shunchalik,
Bugun esa har kun yo'llarlar tabrik,
Bizning e'tiborga dillari zormish,
Uni o'zim odam qilganman dermish.
Necha yil yordamga zor bo'lib yurdim,
Omad kelarmikin menga ham derdim,
Hech kim tushunmadi dildagi dardim,
Iltimos deb borsak yuzlarin burmish,
Uni o'zim odam qilganman dermish.
Qachondir bizlardan o'zini tortib,
Kibr botqog'ida qolgandi botib,
Indamay tursak ham bizga tosh otib,
Besabab ismimni g'iybatga qormish,
Uni o'zim odam qilganman dermish.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: zulfi-yuksel
- Дата публикации: 31.03.2016 22:27

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz