Saytni Yuklab bo'lmadi
ona
shaxrizoda96
2016 » May » 16
ona

Kechalari kechga qolsang
bo’lar parvona.
Yomon yo’lga kirmasin deb
aqli devona.
Aqlingni yig’ ey do’stginam u
zot yagona.
Dunyoda bo’lsa agar bir do’st,
o’sha ham ONA...
Sevgi deya siqilasan boshqa
narsa bilinmas.
Onang bolam deganlari
ko’zlaringa ko’rinmas.
Gap gapirsa baqirasan
emasman men yosh bola.
Sani shunday katta qilgan
o’sha inson bil ONA...
Sigaretni chekib turib g’am-
tashvishni bilmaysan.
Agar qorning ochib qolsa
onajoning izlaysan.
Hali yoshsan ey do’stginam
pul topishni bilmaysan.
Topganiga qoniqmasdan yana
shukur qilmaysan.
Qo’ng’iroqqa javob bermay
darrov tixa bosasan.
Vaqt o’tganda bu ovozga har
kecha zor o’tasan.
Qilig’ingdan afsus chekib
dardni ichga yutasan.
Onajoning rozi qilmay armon
bilan ketasan.
Sevgilinga jonim deysan
onangachi bilmadim.
Onasini ilhoh etib baht
topganni ko'rmadim.
Ko'zlaridan yosh oqizsang
armon ko'ngling tig'laydi.
Ahir ona ko'z yosh to'ksa yer-
u osmon yog'laydi.
Arzimas bir shirin so'zni aslo
ichga yutmagin.
Bir bor hursand qilish uchun
bir bayramni kutmagin.
Onajoning sog' yurgani
bayramning eng kattasi.
Uni aslo ranjitmagin sensan
yurak parchasi.
Yetimlardan so'rasang gar
ichimda der ekan nolam.
Kasal yo hasta bo'lsa ham
bo'lsin der ekan onam.
G'amgin hursand kuningda
doim senga madadkor.
Qadriga yet bahtingga
mehribon bir onang bor.
Orqangdan gap eshitib boshin
egib yurmasin.
Ichida dardni yutib tashqarida
kulmasin.
San shunday bir farzand bo'lki
hamma havas aylasin.
Onajoning yig'lasa ham
quvonchlardan yig'lasin.
Sanga bitta tikon kirsa unga
nayzaday botar.
Har kecha yo'ling poylab
uyquga ketmay yotar.
Qattiq gap ham aslo aytma
o'ksitmagin qalbini.
O'ta bo'lsang tushunarsan ota
onang qadrini....
Поделись с друзьями:

- Добавлен: shaxrizoda96
- Дата публикации: 16.05.2016 16:06

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz